Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning jiyani Ulan Japarovni hibsda saqlash muddati uzaytirildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Foto: azatyyk.org

Ichki ichlar vazirligi tergovchisi tegishli iltimosnoma bilan Bishkekning Pervomayskiy tuman sudiga murojaat qilgan.

“Sud tergovchining iltimosnomasini qanoatlantirdi. Ulan Japarov 26-sentabrgacha poytaxtdagi 1-tergov izolyatorida saqlanadi”, — deyiladi xabarda.

Sadir Japarovning jiyani nega hibsda?

Qirg‘iziston prezidentining qarindoshi korrupsiya bo‘yicha 6-iyul kuni hibsga olindi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tergov xizmati tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ma’lumotni Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati rahbari Dayirbek Orunbekov ham tasdiqlagan.

“Sadir Japarov avvalroq tanish-bilish va qarindosh-urug‘ligidan qat’i nazar, har kim o‘z qilmishi uchun qonun bo‘yicha javob berishi haqida ogohlantirgandi”, — degan Orunbekov.

Qirg‘iziston prezidenti qarindoshi hibsga olinishiga izoh berdi

Sadir Japarov jiyani hibsdaligiga munosabat bildirar ekan, “hammaga birdek munosabatda bo‘lish kerak”, deb ta’kidladi. Agar biror kishi korrupsiyaga aloqador bo‘lsa, u kim bo‘lishidan qat’i nazar, qamoqqa olinishi kerakligini bildirdi.

“Davlatga ikki barobar zararni qoplaganingdan keyingina ozod etilasan. To‘lamasang, ketolmaysan. U mening ukam, deb jinoyatchini qo‘lga olishiga yo‘l qo‘ymasam, boshqa aka-ukalar ham aralasha boshlaydi. Qirg‘izlarda yaxshi ibora bor: Birning jazosi mingga saboq. Bu mening izohim”, — dedi Japarov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »