Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiyada bir soat ichida beshta zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologik markaziga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

2,1 magnitudali birinchi silkinishlar Fransiyaning Sen-Just-le-Martel kommunasida sodir bo‘lgan. Zilzila mahalliy vaqt bilan 12:17 da qayd etilgan, uning o‘chog‘i 5 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Vonk va Villars-Sent-Pankras kommunalarida 2 va 4 daqiqadan so‘ng seysmologlar 2,9 va 2,3 magnitudali yana ikkita zilzila qayd etdi. O‘choq ikki kilometr chuqurlikda yotardi.

Mahalliy vaqt bilan soat 12:49 da Bertegon kommunasida 5 kilometr chuqurlikda 2,4 magnitudali to‘rtinchi zilzila sodir bo‘ldi.

2,1 magnitudali oxirgi yer qimirlashi Belgard-an-Fores munitsipalitetida soat 13:03 da qayd etilgan.

Tabiiy ofat oqibatida qurbonlar va vayronalar haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 1-avgust kuni Turkiyada uchta zilzila qayd etilgandi. Konya shahrida 5 magnitudali, Izmirda 3,9 magnitudali, Erzurumda esa 4,1 magnitudali yer qimirlashi kuzatilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »