Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha prezidenti Anjey Dudaning samolyoti 3-avgust kuni harbiy aerodromga qo‘nishga to‘rt marta urindi, ammo bo‘ron tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu haqda RMF FM xabar bermoqda.

Foto: Arxiv / PAP

Bortida prezident o‘tirgan samolyot Gdiniya shahridagi Babi Doli aerodromiga qo‘nishi kerak edi, biroq mintaqada bo‘ron ko‘tarilib, mahalliy aeroport bir nechta samolyotlarni qabul qila olmadi. Davlat rahbarining samolyoti to‘rt marta qo‘nishga uringan, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchragan va Varshavaga qaytgan.

Duda Gdiniyada Dengiz operatsiyalari markaziga tashrif buyurib, u yerda Boltiq dengizidagi hozirgi vaziyatni, shu jumladan, Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining mashg‘ulotlarini baholashi rejalashtirilgan edi.

Polsha Milliy xavfsizlik byurosi rahbari Yatsek Sivera ob-havo sharoiti tufayli Dudaning tashrifi bekor qilinganini tasdiqladi. Uchrashuv 4-avgust, juma kuniga ko‘chirilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »