Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gruziyaning Racha tog‘li hududidagi Shovi kurortida qutqaruvchilar ko‘chki oqibatida halok bo‘lgan yetti kishining jasadini topdi. Bu haqda tabiiy ofat hududiga jo‘nab ketgan Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili aytib o‘tdi.

Foto: Telegram

Kurortga ko‘chki 3-avgust kuni kechqurun yopirilgan. U yerda joylashgan “Sanset Shovi” mehmonxonasining ma’lum qilishicha, ko‘chki daryo suvlari o‘zanidan toshib ketganidan keyin sodir bo‘lgan. Loyqa massalar mehmonxona hovlisini va yaqin atrofdagi bir nechta binolarni qoplagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ofat hududidan 200 dan ortiq odam olib chiqilgan. Yana 35 kishi rasmiylar bilan aloqaga chiqmayapti.

Foto: Telegram

Qidiruv-qutqaruv ishlariga 400 nafar o‘t o‘chiruvchi va Ichki ishlar vazirligi xodimlari, ikkita vertolyot, kinologlar va maxsus texnika jalb etilgan. Gariboshvilining so‘zlariga ko‘ra, qidiruvga harbiylar ham jalb qilinadi. Mahalliy aholi ham qidiruvda qatnashishga ruxsat talab qilmoqda.

Foto: Telegram
Foto: Telegram

7-avgust Gruziyada motam kuni deb e’lon qilinadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »