Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Milliarder Ilon Mask Twitter kompaniyasi nomini X’ga o‘zgartirganidan bir necha hafta o‘tib, kompaniyaning sobiq ramziy belgilari va boshqa buyumlarini kimoshdi savdosiga qo‘ymoqda, deb xabar berdi BBC.

Foto: Getty Images

Kimoshdi savdosi “Twitter rebrendingi: yodgorlik, san’at asarlari, ofis aktivlari va boshqalarning onlayn auksioni!” deb nomlanadi. Taklif etilayotgan 584 ta lot orasida kofe stollari, katta o‘lchamdagi qush qafaslari va tarmoqda eng ko‘p layk yig‘gan suratlar bor.

Shuningdek, ro‘yxatda o‘nlab stol-stullar, DJ kabinasi va bitta guruhni jihozlashga yetarli musiqa asboblari mavjud. Ular orasida gitaralardan tortib baraban to‘plamlari va ovoz kuchaytirgichlargacha, kontroller, mikserlar va dinamiklarni ko‘rish mumkin.

Foto: Heritage Global Partners 

Auksionga qo‘yiladigan Twitter belgilaridan biri hali kompaniyaning San-Fransiskodagi shtab-kvartirasida o‘rnatilgan turibdi. Xaridor tegishli ruxsatnoma asosida uni o‘sha yerdan olib ketishi mumkin.

Auksionga Twitter’da mashhur bo‘lgan ikkita suratning mo‘yqalamda chizilgan rasmi qo‘yiladi. Birinchisi — Ellen Degeneresning 2014-yilgi Akademiya mukofotlarida olingan mashhur selfisi. Ikkinchisi — 2012-yil noyabr oyida AQSH prezidenti Barak Obama qayta saylanganidan so‘ng Twitter’ga joylagan surati. O‘sha paytda ushbu surat platformaning eng ko‘p layk yig‘gan tvitiga aylangan.

Foto: Heritage Global Partners 

Heritage Global Partners auksion uyi ma’lumotlariga ko‘ra, har bir lot uchun minimal taklif 25 dollarni tashkil qiladi.

Foto: Skrinshot

Savdolar 12-sentabrda boshlanadi va ikki kun davom etishi rejalashtirilgan.

2022-yilda Twitter kompaniyasini sotib olganidan beri Mask xarajatlarni kamaytirish maqsadida minglab ish o‘rinlarini qisqartirdi. Yil boshida Twitter San-Fransiskodagi bosh qarorgohidagi yuzlab buyumlarni auksionga qo‘ygandi.

Kompaniyaning mashhur qush logotipi haykali eng yuqori taklifni olib, 100 000 dollarga sotilgan.

Twitter X’ga o‘zgardi

24-iyul kuni Twitter o‘z logotipini ko‘k qushdan X harfi tasvirlangan belgiga o‘zgartirdi. Mask Twitter nomini X deb o‘zgartirish rejalari haqida 1-iyun kuni gapirgandi. U kelajakda ijtimoiy tarmoqning funksional imkoniyatlari kengayishi, shu sababli Twitter brendi bunga mos tushmasligini aytgan. Shuningdek, u yangilanadigan platformada eski Twitter’ga qaraganda uzunroq postlar, videolar chop etish, xabarlar almashish va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoni bo‘lishini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »