Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston 2023-yil oxirigacha Rossiyadan 1,5 milliard kilovatt/soatga yaqin energiya import qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Respublika energetika vaziri Taalaybek Ibrayev “RIA Novosti”ga xabar berdi.

Foto: Sputnik 

Vazirdan Qirg‘iziston elektr energiyasini qaysi davlatlardan sotib olishi va importni ko‘paytirishni rejalashtirayotgani haqida so‘ralgan.

“Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya, O‘zbekistondan faqat tashish bor. Bu yil Turkmaniston va Rossiyadan elektr energiyasi olamiz. ‘Turkmanenergo’ va ‘Inter RAO’ bilan kelishuvimiz bor.
Yil oxirigacha ’Inter RAO’ bizga soatiga 1,5 milliard kilovatt/soatga yaqin, ‘Turkmenenergo’ esa 1,6 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi yetkazib berishini rejalashtirgan. Kelgusi yilda Turkmanistondan 1,7 milliard kilovatt-soat import qilish ko‘zlangan”, — deb javob berdi Ibrayev.

“Inter RAO” — Rossiyadagi, shuningdek, Yevropa va MDHdagi aktivlarni boshqaradigan diversifikatsiyalangan energetika xoldingi. U Rossiya elektr energiyasini eksport qilish va import qilish bo‘yicha yagona operator.

Sadir Japarov Qirg‘iziston qishda elektr importini to‘xtatishini aytgandi

“Biz qishda elektr energiyasi importidan butunlay voz kechmoqchimiz. Joriy yil oxiriga qadar qurilishi davom etayotgan yangi GESlar foydalanishga topshiriladi. Maqsadimiz kelajakda elektr energiyasi eksport qiluvchi davlatga aylanish. Kelgusi yilda biz CASA-1000 liniyasi orqali Pokiston va Afg‘onistonga eksport qilishni rejalashtirmoqdamiz”, — degan edi Japarov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »