Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Fuqarolar uchun budjet”ning 2022-yil uchun ijrosini e’lon qildi.  

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 2022-yilda YIMning o‘sish surʼati 5,7 foizni tashkil qilgan hamda YIM hajmi joriy narxlarda 888,3 trillion so‘mni yoki 80,4 milliard dollarni (2022-yilda AQSH dollariga nisbatan rasmiy almashuv kursi o‘rtacha 11 051,2 so‘m) tashkil qilgan.

Davlat budjeti daromadlari 2022-yil yakuni bilan 201 trillion 863,7 milliard so‘mni tashkil qilib, prognozga nisbatan 1 trillion 525 milliard so‘mga ortiqcha bajarildi. 2021-yilga nisbatan daromadlar 37 trillion 64,2 milliard so‘mga oshgan.

Ta’kidlanishicha, 2022-yilda davlat kompaniyalari davlat budjetiga 27,2 trillion so‘m dividend to‘lagan.

Skrinshot: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Davlat boji, jarimalardan qariyb 5,6 trillion so‘m, xususiylashtirishdan (mahalliy budjetga o‘tkazilgan) 640 milliard so‘m hamda transport vositalariga davlat raqami belgilari realizatsiyasidan 265 milliard so‘m kelib tushgan.

Yirik soliq to‘lovchilardan davlat budjetiga soliq tushumlarda Navoiy KMKning ulushi 16,3 foizni, Olmaliq KMK ulushi 8,6 foizni tashkil qilgan.

Shuningdek, davlat budjetining 2022-yil xarajatlari 2021-yilga nisbatan 48 trillion 434,9 milliard so‘mga oshgan holda 236 trillion 692 milliard so‘mga ijro etilgan.

Bundan oldin Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yig‘ilishida 2023-yil yanvar–iyun oylarida respublika budjeti xarajatlari 2022-yilning yarim yilligiga nisbatan 25 foizga o‘sgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Xarajatlarning teng yarmi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »