Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Qora dengizdagi don bitimidan chiqqanidan keyin AQSH Ukraina, Turkiya va boshqa qator davlatlar bilan Ukrainaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qanday eksport qilish variantlarini muhokama qilyapti. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Foto: “Forbes.ua”

Gazetaning yozishicha, Ukraina donini Dunay daryosi bo‘ylab eksport qilish rejasi ko‘rib chiqilmoqda. Unda oktabr oyigacha daryo bo‘ylab har oyda to‘rt million tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashish ko‘zda tutilgan.

Ukraina g‘allasi daryo bo‘ylab, shuningdek, Qora dengiz orqali Ruminiya portlariga yetkaziladi, u yerdan esa butun dunyodagi xaridorlarga jo‘natiladi.

Bunday yo‘nalishda don tashish xavfsizligini ta’minlash uchun Qo‘shma Shtatlar “barcha ehtimoliy variantlar, jumladan, harbiy yechimlar”ni ko‘rib chiqmoqda, deyiladi WSJ xabarida.

Nashrning qayd etishicha, Ukrainadan Dunay bo‘ylab Ruminiya portlari orqali g‘alla eksport qilish uni Qora dengizda tashishga qaraganda ko‘proq vaqt talab etadi va qimmatroqqa tushadi.

Avval Ukraina g‘allasi don bitimi doirasida Qora dengiz portlaridan eksport qilinayotgani, biroq 17-iyul kuni Rossiya kelishuvdagi shartlar bajarilmayotganini aytib, shartnomani uzaytirmasligini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »