Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2021-yilda Ben Afflek va Jennifer Lopes ko‘p yillik kelishmovchilikdan keyin munosabatlarini tikladi. O‘sha paytda sevishganlar nikohdan o‘tishga ulgurmagan bo‘lsa-da, 2022-yilda ular ittifoqlarini rasmiylashtirdi. Bugun esa Ben va Jennifer har qachongidan ham baxtliroq.

Foto: Getty Images

Yaqinda qo‘shiqchi o‘zining 54 yoshini nishonladi. Bu bayramni uning eri uyushtirgan. Yaqin do‘stlari va oila a’zolari, jumladan Benning Jennifer Garner bilan turmushidan bo‘lgan farzandlari, shuningdek, Lopesning Mark Entoni bilan nikohidan bo‘lgan o‘g‘li va qizi ham o‘sha yerda edi.

Foto: Getty Images

Tadbir qahramoni tug‘ilgan kun haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

“Tug‘ilgan kunimda barcha bolalarimiz ishtirok etdi. Bu quyosh nur sochayotgan ajoyib kun edi, shu bilan birga, basseynda cho‘milib, maza qiladigan ajoyib kecha bo‘ldi”.

Lopes hatto mehmonlarning olqishi ostida stol ustida raqsga tushdi.

Foto: Getty Images

Xonanda ayni damda oilasi bilan birga ekanidan baxtiyorligini ta’kidlaydi: 

“Men qadrli va muhim inson ekanligimni his qilyapman. Tug‘ilgan kunimni baham ko‘rishim mumkin bo‘lgan shunday ajoyib va g‘amxo‘r insonlar bilan muloqotga kirishganim uchun taqdirdan juda minnatdorman”.

Jennifer va Ben bir kun kelib farzand ko‘rishlari ham mumkin. Darhaqiqat, 2012-yilda o‘sha paytda Afflekning rafiqasi Jennifer Garner: “Ha, Ben yana farzandli bo‘lishni istaydi. Biroq men bunga tayyor emasman” degandi. Bundan tashqari, o‘sha paytda er-xotinning 3 nafar farzandi bor edi.

Foto: Getty Images

Jennifer Lopes ham Aleks Rodriges (2017—2021) bilan turmush qurganida ko‘p farzand ko‘rishni xohlayotgani haqida gapirgandi: “Ha, xohlayman! Oilamni kengaytirmoqchiman. Men bunga qarshi emasman”. O‘sha paytda uning o‘g‘li va qizi bor edi.

Jennifer Ben ajoyib ota ekanligini aytadi: 

“Men Benni bir yildan ortiq vaqtdan beri kuzataman. Hech qachon u kabi mehribon va fidoyi otani ko‘rmaganman”. Xonanda nafaqat o‘zining farzandlari, balki uning farzandlari uchun ham yaxshi ota ekanligini ta’kidlaydi: “Sen ularni doim birinchi o‘ringa qo‘yasan. Bunday munosabat men hayotimda ko‘rgan eng yoqimlilaridan biri. Biz seni qadrlaymiz va juda yaxshi ko‘ramiz”.
Foto: Getty Images

Bugungi kunda er-xotinning barcha 5 farzandi Jennifer va Ben bilan yashaydi. Xonanda o‘g‘li va qizi o‘gay aka-uka va singlisi bilan yaxshi munosabatda bo‘lishini ta’kidlaydi.

Bundan xulosa qilish mumkinki, 54 yoshli Jey Lo va uning jonkuyar eri Ben birgalikda farzand ko‘rishlari mumkin.

Foto: Getty Images

Jey Lo butun dunyoga Ben Afflekka bo‘lgan his-tuyg‘ularini ko‘rsatishdan tortinmaydi. U yaqinda terisini qanday parvarish qilishi ko‘rsatilgan videoni joyladi. Muxlislari uning bo‘ynidagi tilla zanjirga Ben yozuvi tushirilganini payqashgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »