Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan polkovnik Ravshan Sultonxo‘jayev Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV matbuot xizmati

Tayinlovga qadar Ravshan Sultonxo‘jayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Xorazm viloyati IIBga rahbarlik qilib kelgan general-mayor Davron Nazarmuhamedov ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi

Iyul oxirlarida Farg‘onada prezident boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklar uchun Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Muhiddin Jo‘rayev lavozimidan ozod etilgandi. Uning o‘rniga ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan

Avgust oyi boshida esa Nukus shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyati muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Ziyauatdin Zaytov Nukus tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »