Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” harakati kuch ishlatishlarsiz xalqaro hamjamiyatning birorta taklifini qabul qilmaydi. Bu haqda “Tolibon”ga muxolif Afg‘oniston “Milliy junbish” partiyasi yetakchisi marshal Abdurashid Do‘stum videokonferensiyada aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Arxiv foto: BBC
 Kuch ishlatilmasa, “Tolibon” xalqaro hamjamiyatning birorta rejasi yoki taklifini qabul qilmaydi, bu harakat shariat nomi ostida o‘z siyosatini davom ettirmoqda, — dedi Do‘stum.

U “Tolibon”ga qarshi chora-tadbirlar haqida ham fikr bildirdi:

 “Tolibon”ga qarshi muxolifat yetakchilari bu masala ustida ishlamoqda. Xalqaro hamjamiyat va qo‘shni davlatlar “Tolibon” bilan murosa qila olmasligiga ishonch hosil qilsa, qarshilik fronti a’zolari “Tolibon”ga chora qo‘llashga kirishadi.

Do‘stumning aytishicha, “Tolibon”ni ag‘darish uchun endi Amerika tanklari, to‘plari va samolyotlari kerak emas. Odamlar mavjud vaziyatdan to‘ygan, ular faqat munosib yetakchiligiga muhtoj.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonni qutqarish uchun qudratli davlatlar hech bo‘lmaganda  Milliy qarshilik kengashini tan olishi kerak. Qarshilik kengashi a’zolari “Tolibon”ga qarshi kurash tajribasiga ega va ular kerakli vaqtda harakatni boshlaydi.

Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy mojarolarda 40 yildan ortiq ishtirok etgan 69 yoshli Do‘stum 2021-yil 14-avgust kuni Mozori Sharifdagi shiddatli to‘qnashuvdan so‘ng Afg‘onistonni tark etgandi. U avval chegaradan O‘zbekistonga o‘tib, u yerdan Turkiyaga ketgan.

Avvalroq Rolling Stone nashriga bergan intervyusida Abdurashid Do‘stum “Tolibon”ni yengish uchun AQSHning siyosiy ko‘magiga muhtoj ekanini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »