Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) “Tolibon” harakatining qizlar va ayollarga nisbatan cheklovlarni bekor qilish va boshqa bir qator va’dasi bajarilmaganini bildirdi. Bu haqda tashkilotning tegishli bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: AFP

BMTga ko‘ra, Afg‘onistonda inson huquqlarining buzilishi tizimli xarakterga ega.

“Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan keyin ikki yil o‘tib, ‘Tolibon’ inson huquqlarini buzishda, jumladan, ayollar va qizlarga nisbatan diskriminatsiya, qullikka solish tizimi davom etmoqda.
De-fakto afg‘on rasmiylarining va’dalari va amaliyotlari o‘rtasidagi tafovut kengayib, isloh qilingan ‘Tolibon’ tushunchasi noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi”, — deyiladi tashkilot bayonotida.

BMT ekspertlariga ko‘ra, so‘nggi ikki yil ichida “Tolibon” tomonidan afg‘on aholisiga nisbatan joriy etilgan siyosat ko‘plab inson huquqlari, jumladan, ta’lim, mehnat, so‘z erkinligi va boshqa huquqlarning “doimiy, tizimli va hayratlanarli” buzilishiga olib keldi.

“ ‘Tolibon’ rasmiylari har qanday cheklovlar, xususan, ta’limga nisbatan vaqtinchalik bo‘lishi haqidagi bayonotiga qaramay, joylardagi voqealar buning aksini ko‘rsatmoqda”, — deydi ekspertlar.

Bayonotda “Tolibon” “inklyuziv boshqaruv shaklini” amalga oshirmagani, sobiq hukumat va harbiy amaldorlarga nisbatan amnistiya va’dalari “buzilgani”, tergov izolyatorlarida qiynoqqa solishdan voz kechilmagani, ozchiliklar kamsitilgani, advokatlar, sudyalar, prokurorlar va sud tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shaxslar “xavfsizlik uchun jiddiy xavf”larga duch kelishi ta’kidlandi.

BMT “Tolibon”ni ayollarga ta’lim va ish bilan ta’minlash orqali ularga nisbatan kamsitishlarni, sobiq hukumat va harbiy amaldorlarga nisbatan repressiyalarni, o‘zboshimchalik bilan hibsga olishni to‘xtatishga chaqirdi.

“So‘nggi ikki yil ichida insonparvarlik va inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishda davom etayotgan bo‘lsa-da, BMT o‘zining insonparvarlik yordamini moliyalashtirishdagi jiddiy kamchiliklardan ogohlantirmoqda.
Bu, boshqa oqibatlar qatorida, jamoat faoliyatini to‘xtatish, oziq-ovqat yordamini kamaytirish va sog‘liqni saqlash muassasalarining yopilishiga olib kelishi mumkin”, — deya xulosa qildi BMT ekspertlari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »