Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) Rossiya Federal xavfsizlik xizmati huzuridagi Kriminalistika instituti xodimlari Aleksey Aleksandrov, Konstantin Kudryavsev, Ivan Osipov va FXX xodimi Vladimir Panyayevga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Vashington versiyasiga ko‘ra, ular rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning zaharlanishiga aloqador. Bu haqda 17-avgust kuni AQSH g‘aznachilik departamenti ma’lum qildi. 

Arxiv foto: Reuters

“Bugun biz Vladimir Putin va uning rejimiga nafaqat Ukrainaga qarshi asossiz urush, balki Rossiya xalqining inson huquqlarini buzish oqibatlari ham borligini eslatyapmiz”, — deya ma’lum qildi AQSH moliya vazirining terrorizmga qarshi kurash va moliyaviy razvedka bo‘yicha o‘rinbosari Brayan Nelson.

“2020-yilda Aleksey Navalniyga uyushtirilgan suiqasd Kremlning inson huquqlariga nisbatan hurmatsizligini ko‘rsatadi, biz Kremlning manfaatini ko‘zlab ish tutmoqchi bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish uchun barcha vakolatlardan foydalanishda davom etamiz”.

AQSH Davlat departamenti viza cheklovlarini joriy qilmoqda 

AQSH Davlat departamenti Aleksandrov, Kudryavsev, Osipov va Panyayevlarga viza cheklovlari joriy qilmoqda, ular va ularning oila a’zolariga AQSHga kirish taqiqlandi. 

Yuqoridagi shaxslarning Qo‘shma Shtatlardagi yoki Amerika shaxslari nazorati ostidagi barcha mulklari muzlatilmoqda. Ushbu shaxslar bilan AQSHda va Amerika fuqarolari ishtirokidagi barcha moliyaviy operatsiyalar taqiqlanadi. 

Aleksey Navalniyning zaharlanishi 

2020-yil 20-avgust kuni muxolifatchi Aleksey Navalniy Tomskdan Moskvaga uchayotgan samolyot bortida hushini yo‘qotdi. Ikki kundan keyin komadagi Navalniy Germaniyaning “Sharite” (Charité) klinikasiga davolanish uchun olib ketildi. Shifokorlar uning organizmida “Novichok” asab-falajlovchi modda izlarini topdi. Keyinchalik Shvetsiya va Fransiyadagi laboratoriyalar, shuningdek, Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti ekspertlari mustaqil ravishda xuddi shunday xulosaga keldi. 

To‘rt nashr jurnalistlari Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari zaharlanishni uyushtirishga uringani aytilgan surishtiruvni e’lon qildi. Navalniy va uning sheriklari tergov o‘tkazishni talab qilib, bir necha bor Rossiya Tergov qo‘mitasiga murojaat etdi, ammo ularga rad javobi berildi. Muxolifatchi 2021-yil yanvarida Rossiyaga qaytishi bilanoq darhol qo‘lga olindi va keyinchalik koloniyaga jo‘natildi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »