Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Asqar Isakov “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘ztransgaz.uz”

Tayinlovga qadar u Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Bunga qadar Ahadjon Isoqjonov “O‘ztransgaz” boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Undan oldin esa Behzod Normatov kompaniyani boshqardi. 2019-yildan 2021-yilga qadar esa “O‘ztransgaz”ga Ulug‘bek Saidov rahbarlik qildi. O‘shanda u “O‘ztransgaz”ning so‘nggi 2,5 yildagi beshinchi rahbariga aylangandi. 2016-yil dekabrida kompaniyaga bosh vazir o‘rinbosari Ergash Shoismatov rahbar etib tayinlangan. 2017-yil avgustida esa uning o‘rnida Alisher Mustafoyev ish boshlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »