Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gavayidagi yirik o‘rmon yong‘inlari kamida 115 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 1 000 ga yaqin odam bedarak yo‘qoldi. Bu haqda 23-avgust kuni Associated Press xabar berdi.

Foto: Telegram

Gavayidagi ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan Maui oroli politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 21-avgust holatiga ko‘ra, yong‘in oqibatida 115 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi.

Foto: Telegram

Qutqaruvchilar ofat hududida joylashgan barcha bir qavatli uylarni tintib chiqdi. Guruhlar ko‘p qavatli turar joy binolari va savdo obyektlarini ko‘zdan kechirmoqda.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Federal qidiruv byurosining tasdiqlanmagan ro‘yxatida 1000 dan 1100 gacha odam bedarak yo‘qolganlar sifatida qolmoqda.

Gavayi hukumati orolda topilgan jasadlarning shaxsini aniqlash bo‘yicha harakatlarni tezlashtirish bedarak yo‘qolganlarning qarindoshlarini DNK namunalarini taqdim etishga chaqirdi.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, alanga Maui orolidagi Laxayna kurort shahrini qamrab olganidan ikki hafta o‘tgach, rasmiylar qurbonlar, bedarak yo‘qolganlar va shaharni tark etganlar shaxsini aniqlashda katta qiyinchilikka duch kelgan, biroq bu haqda xabar bermagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »