Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp rasman hibsga olinib, qamoqxonadan surati e’lon qilingach, uning reytingi o‘sdi. Reuters va Ipsos so‘roviga ko‘ra, Tramp Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun o‘z ustunligini oshirmoqda.

Foto: Getty Images

Sobiq prezident Jorjiya shtatida hibsga olinib, garov evaziga qo‘yib yuborilganidan so‘ng respublikachilarning 52 foizi uni prezidentlikka nomzod sifatida ma’qullashini aytgan. Avgust oyi boshida Tramp reytingi 47 foizni tashkil qilayotgandi.

Respublikachilardan yana bir nomzod Ron DeSantis 13 foiz partiyadoshlarning qo‘llab-quvvatlovi bilan reytingda ikkinchi o‘rinda.

Reuters prezident Jo Bayden va Tramp o‘rtasidagi faraziy qarama-qarshilikni solishtirdi: Trampda qo‘llab-quvvatlov 38 foiz, Baydenda — 32 foiz. So‘rovnomada ishtirok etgan boshqa respondentlar kimga ovoz berish haqida qaror qilmaganini aytishgan.

Eslatib o‘tamiz, 23-avgust kuni Tramp Jorjiya shtatining Fulton okrugi qamoqxonasida shtatda 2020-yilgi prezidentlik saylovi natijalarini bekor qilishga urinish bilan bog‘liq o‘ndan ortiq ayblovlar bo‘yicha rasman politsiyaga taslim bo‘ldi.

Tramp hujjatbozlik uchun 20 daqiqadan ko‘proq vaqtni qamoqda o‘tkazdi va 200 ming dollar garov evaziga qo‘yib yuborildi. Politsiya uning barmoq izlarini, suratini va boshqa ma’lumotlarni olib qoldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »