Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning barcha hududlarida 2024-yil 1-iyuldan boshlab kadastr muhandisi instituti joriy etiladi. Bu haqda Norma xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2020-yil 1-yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti joriy etilgandi.

Vazirlar Mahkamasining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, tajriba-sinov natijalarini inobatga olib, kadastr muhandisi institutini bosqichma-bosqich joriy etish orqali aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtiriladi.

Shu maqsadda ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti uy-joy fondiga oid ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan 2023-yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida joriy etiladi. 2024-yil 1-iyuldan boshlab esa respublikaning barcha hududlarida joriy etiladi.

Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi o‘z faoliyatini yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi.

Ayrim NHHlarga quyidagilarga taalluqli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

  • kadastr muhandisi faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan mutaxassislik yo‘nalishlarini kengaytirish;
  • kadastr muhandislari tomonidan shahodatnoma olish uchun ariza topshirishdan malaka imtihonigacha bo‘lgan vaqtni qisqartirish;
  • malaka imtihonini topshirish vaqtini uzaytirish;
  • ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr yig‘majildini tayyorlash muddatini belgilash.

Hujjat 24-avgustdan boshlab kuchga kirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »