Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘ygan tadbirkor Vivek Ramasvami sanksiyalar masalasida Rossiyaga yon berishga tayyor. Bu haqda biznesmen The American Conservative jurnalida chop etilgan maqolasida yozdi

 
 
Foto: Getty Images
“Men sanksiyalarni bekor qilaman va Rossiyani jahon bozoriga qaytaraman”, — deydi Ramasvami.

Bundan tashqari, u “Rossiyaning Xitoy bilan harbiy ittifoqdan chiqishi evaziga” Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlari ustidan “Rossiya nazoratini qabul qilishga” va Ukrainaning NATO a’zoligiga nomzodini bloklashga va’da bermoqda. 

Ramasvami: “Xitoy — Ukrainadagi urushning yagona g‘olibi”

Rossiyaning Ukrainaga qarshi bir yarim yillik urushidan so‘ng, Xitoy bu vaziyatda yagona g‘olib ekani tobora oydinlashmoqda, deb hisoblaydi tadbirkor. Ramasvami Ukrainada tinchlikni yagona shart bilan — “Amerika manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadigan” sharoitda ta’minlash niyatida. 

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Xitoy rahbari Si Szinpinni Rossiya prezidenti Vladimir Putindan uzoqlashishga majburlash borasida “ahmoqona harakat qildi”, deb ta’kidlaydi tadbirkor.

“Aslida, biz Putinni Sidan uzoqlashishga majburlashimiz kerak”,— deya qo‘shimcha qilgan u. 

AQSHda prezidentlik saylovi 2024-yilning noyabriga belgilangan. Ramasvamidan tashqari sobiq prezident Donald Tramp, sobiq vitse-prezident Mayk Pens, Florida gubernatori Ron Desantis, Janubiy Karolina sobiq gubernatori Nikki Xeyli, Janubiy Karolinadan senator Tim Skott, Arkanzas sobiq gubernatori Asa Xatchinson va Shimoliy Dakota gubernatori Dug Bergum poygada ishtirok etishini e’lon qilgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »