Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ma’lumki, Keyt Middlton farzandlariga juda katta e’tibor beradi va u hatto bo‘lajak monarxlarni tarbiyalash uchun o‘ziga xos bir nechta qoidalar ham o‘ylab topgan. Uels shahzodasi ham uyda iliq va ishonchli muhit yaratish uchun xotinini qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq Keyt va Uilyam oilasida bitta qoida mavjud — unga ko‘ra bolalar ota-onasi bilan birga ovqatlanmaydi. Bo‘lajak qirol va malika oilasida bu tartib nima sababdan paydo bo‘lgani haqida gaplashamiz.

 
 
Foto: Legion Media

Bu qoida Sharlotta, Lui va Jorj yoshi tufayli stolda qirollik odob-axloq qoidalariga har doim rioya qila olmasligi sababli ishlab chiqilgan. Ehtimol, hozirda Jorjga ota-onasi bilan bir stolda ovqatlanishga ruxsat berilgandir, chunki merosxo‘r 10 yoshga to‘ldi. Ammo uning singlisi Sharlotta va ayniqsa, o‘zining yaramas xatti-harakatlari bilan mashhur bo‘lgan ukasi Lui hamon bolalar dasturxonida ovqatlanishga majbur.

Ammo bu qoida faqat birinchi qarashda shafqatsiz ko‘rinadi. Aslida Uels shahzodasi va malika kamdan-kam hollarda farzandlari bilan birga ovqatlanishi tushunarli hol. Ko‘pincha qirollik taomlari boshqa oila a’zolari yoki boshqa yuqori martabali mehmonlar bilan birga tanovul qilinadi, bunday oliy martabali davrada hazil qilish mumkin emas. Bundan tashqari, bolalar hali kattalar suhbatini tushunishga yoshlik qiladi.

Foto: Legion Media

Merosxo‘rlarini tarbiyalashning bunday usuli haqida Yelizaveta II, malika Diana va shahzoda Garrining sobiq oshpazi Darren Makgredi gapirib bergan. Makgredi, shuningdek, ushbu qoidaga hatto Rojdestvo yoki tug‘ilgan kun kabi muhim oilaviy bayramlarda ham amal qilinishini ta’kidlagan.

Biroq Ketrin va Uilyam oilaviy ovqatlanishga muvaffaq bo‘lgan kamdan-kam hollarda farzandlarini alohida stolga o‘tkazishlari dargumon. Ular bolalariga bo‘lgan munosabatlarni birinchi o‘ringa qo‘yishadi: tez-tez chiqiladigan oilaviy ta’tillar va ota-onalarning merosxo‘rlar bilan birgalikda chiqishlari bunga yorqin misol bo‘la oladi.

Foto: Legion Media

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »