Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Toshkent-3” mahalliy aviaqatnovlar terminali oldida ikki hafta oldin boshlangan rekonstruksiya qilish ishlaridan so‘ng qurilgan yo‘lak ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Uzbekistan Airports

Qayd etilishicha, endi transport vositalarining terminal oldiga kelishi soddalashtirilgan. Shunday qilib, uchta alohida yo‘lak paydo bo‘ldi: rasmiy aeroport taksi xizmatlari, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar, shuningdek, kuzatuvchi va kutib oluvchilar avtomobillari, shu jumladan agregatorlar bilan ishlaydigan taksilar uchun.

Foto: Uzbekistan Airports

Hududga barcha yengil avtomobillar, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha muddatga qisqa muddatli kirishga ruxsat beriladi. Avtomobilning yo‘lakda o‘tkazgan vaqti 10 daqiqadan oshib ketgan taqdirda, o‘rnatilgan va YHXB bilan integratsiyalashtirilgan kameralar qoidabuzarlarga avtomatik ravishda jarima soladi. Shuningdek, kelishning o‘ng va chap yo‘laklarini ajratib turuvchi sariq chiziqda to‘xtash taqiqlanadi va qoidabuzarlik hisoblanadi, buning uchun jarima ham nazarda tutiladi.

Bugungacha maʼlum bir xavfsizlik talablaridan kelib chiqqan holda avtomototransport vositalari terminal oldiga kira olmas edi. Endilikda biz haydovchilar uchun xalqaro standartlarga muvofiq, yo‘lovchilarni terminalda qoldirib, olib ketishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berdik”, — deyiladi Uzbekistan Airports AJ Aviatsiya xavfsizligi xizmati xabarida.

Foto: Uzbekistan Airports
Foto: Uzbekistan Airports
Foto: Uzbekistan Airports

Shuningdek, 2024-yilning 1-yanvariga qadar O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarda ham terminal oldi hududlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi

20 yildan ortiq (1999-yilda Toshkentda sodir bo‘lgan teraktlardan so‘ng) muddat davomida kutib oluvchi va kuzatuvchilar poytaxt aeroportining terminal binosiga kirish imkoniga ega emas va har qanday ob-havo sharoitida ham tashqarida bo‘lishlari talab qilinadi. Xalqaro aeroportda kutayotganlar uchun ayvon mavjud, ammo mahalliy aviatarmoqlar terminali oldida odamlar ko‘chada kutishiga to‘g‘ri keladi. 2021-yilning iyulida aeroportining estakadasi transport harakati uchun test rejimida ochilgandi. Butun estakada bo‘ylab transport vositalarining raqamlarini taniydigan, turini aniqlay oluvchi va ular tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishini nazorat etuvchi intellektual videokuzatuv kameralar tizimi o‘rnatilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »