Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yilning o‘tgan yetti oyida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 21 ming 871 nafar xotin-qizga himoya orderi berildi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i O‘g‘iloy O‘rozova ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, xotin-qizlarga nisbatan qayd etilgan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining 18 ming 526 tasi yoki 84,7 foizi oilalarda sodir etilgan. “Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamayishga erishilgan bo‘lsa-da, keyingi paytlarda sodir etilayotgan oilaviy zo‘ravonlikka oid holatlar bu boradagi ishlarni, tegishli davlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish taqozo etmoqda”, — deydi O‘rozova.

Himoya orderi berish natijasida 9 ming 362 ta oilani tiklashga, 11 ming 350 ta oilada nizolarni bartaraf etishga erishilgan.

Rasmiylashtirilgan 5 ming 495 ta himoya orderi bo‘yicha maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik belgilanib, xotin-qizlarning buzilgan huquqlari tiklangan.

Himoya orderi haqida

Himoya orderi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanishiga sabab bo‘ladigan hujjat.

U jabrdiyda xotin-qizlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan beriladi. Turmush o‘rtog‘i, sevgan yigiti, qaynota-qaynonasi, qaynsingillari, qo‘ni-qo‘shni, ish joyida bo‘lsa, rahbari va boshqalar tomonidan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollar mazkur order asosida qonuniy tarzda muhofaza qilinadi.

  • Himoya orderi 30 kun muddatgacha beriladi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »