Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida 15 kishida kuydirgi kasalligi qayd etildi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

Foto: Kazinform

Mutaxassislarning fikricha, barcha bemorlarning ahvoli o‘rtacha. Bemorlar bilan aloqada bo‘lgan 22 nafar fuqaro shifokor nazoratida. Karantindagi Ushkarasu qishlog‘iga 1700 doza vaksina va 900 000 milligramm dezinfeksiyalovchi vosita olib kelingan. Hozir qishloqdagi barcha molxonalar dezinfeksiya qilinib, hayvonlar xavfli kasallikka qarshi emlanmoqda.

“Respublika epidemiyaga qarshi otryadi yetib keldi. Ortiqcha chorva mollari, ortiqcha texnika qishloqdan tashqariga chiqarilmaydi. Blokpostlar o‘rnatildi. Barcha jonivorlar ro‘yxatga olingan”, — deydi viloyat veterinariya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Agibay Sizdikov.

28-avgust kuni SESning viloyat boshqarmasidan Jarkaynskiy tumanida ishchilar orasida kuydirgi kasalligiga shubha borligi haqida xabar kelib tushgan. Korxona direktorining aytishicha, ular 32 bosh qoramolini yo‘q qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »