Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) xodimlari Afg‘onistondan yirik partiyadagi qurol-yarog‘ olib o‘tgan uch nafar terrorchini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda mahalliy “Xovar” axborot agentligi.

Foto: Getty Images

Gap “Jamoat Ansorullo” guruhi a’zolari haqida ketmoqda. Guruhga o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin muxolifatchi jangarilar sobiq qo‘mondoni, asli tojikistonlik shaxs asos solgan. Guruh “Tolibon” bilan hamkorlik qilishda gumonlanadi.

“Xovar” xabariga ko‘ra, 30-avgustga o‘tar kechasi guruhning uch nafar aʼzosi Kevron qishlog‘i (Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati) yaqinida tojik-afg‘on chegarasi chizig‘ini noqonuniy kesib o‘tgan. Shundan so‘ng voqea joyiga MXDQ xodimlari yetib kelgan, ular 5-sentabr kuni ertalab terrorchilarni o‘rab olib, taslim bo‘lishni taklif qilgan, bunga javoban terrorchilar o‘t ochgan.

“Aksilterror operatsiyasi natijasida terrorchilik guruhining uch nafar aʼzosi yo‘q qilindi”, — deyiladi xabarda.

Foto: “Xovar”

Terrorchilar o‘zlaridagi qurollardan tashqari qo‘shni davlatdan katta partiyada qurol-yarog‘, harbiy o‘q-dorilar va portlovchi moddalarni olib kelib, omborxonalarga joylashtirgan.

“Xovar” qayd etishicha, ilgari ushbu guruh aʼzolariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ularning barchasi qidiruvga berilgan.

26-aprelda ham “Jamoat Ansorullo”ning ikki aʼzosi Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegarani noqonuniy kesib o‘tgandi. Aksilterror operatsiyasi natijasida ular zararsizlantirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »