Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida qo‘shnisining mashinasiga ziyon yetkazgan yigit kaltaklandi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Qayd etilishicha, 31-avgust kuni Furqat tumani Ingichka qishlog‘ida yashovchi voyaga yetmagan X.Q. qo‘shnisi R.Y.ga tegishli Nexia-3 rusumli avtomashina shinalariga ziyon yetkazgan. Shu sababli R.Y.ning bundan jahli chiqib, 2010-yilda tug‘ilgan bolani urib tan jarohati yetkazgan.

Tibbiyot bo‘limining tashxisiga ko‘ra, X.Q.da bosh, peshona, bo‘yin, o‘ng yelka bo‘g‘imi, teri osti gematomasi aniqlangan.

“Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yakuniga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, — deyiladi xabarda.

Bundan oldin Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida ikki nafar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari, Ohangaronda esa inspektor bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »