Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryoda hokimdan adolat talab qilgan direktor kaltaklab ketilgani aytilgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan maʼlumotlarni ochiqladi

Unga ko‘ra, Sariosiyo tumanidagi 28-umumiy o‘rta taʼlim maktabining direktori o‘qituvchining yaqin qarindoshlari tomonidan kaltaklanganligi holati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoxabar bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazildi.  

Aniqlanishicha, maktab direktori U.T. maktab o‘qituvchisi D.K.ning dars soatlarini asossiz ravishda kamaytirgani sababli turmush o‘rtog‘i Y.M. tomonidan urib, yengil tan jarohati yetkazilgan. 

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi va 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumon qilinuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Shuningdek, viloyat hokimligi axborot xizmati ham holat yuzasidan munosabat bildirdi. Maʼlum qilinishicha, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov U.T.dan xabar olish uchun shifoxonaga yo‘lga chiqqan. 

“Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori U.T. bilan bog‘liq yuz bergan vaziyatdan chuqur afsusdamiz. 

Maʼlum bo‘lishicha, jabrlanuvchi tibbiyot muassasasiga yetkazilib, tegishli muolajalar ko‘rsatilgan. Gumonlanuvchi tuman IIBga olib kelinib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan tegishli huquq-tartibot organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va nazoratga olingan”, — deyiladi hokimlik bayonotida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »