Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov yig‘ilishida undan adolat talab qilib, o‘ziga nisbatan nohaqlik bo‘lganini aytgan maktab direktori yig‘ilishdan olib chiqib ketilib, qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi. Oliy sud holat yuzasidan bayonot berdi

Ma'lum qilinishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudining 26-iyuldagi qarori bilan U. Tursunova (1982-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, Sariosiyo tumanidagi 28-sonli maktab direktori vazifasida ishlaydi) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi (bir necha huqubuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash) 2-qismiga asosan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2023-yil 28-iyuldagi qaroriga muvofiq U. Tursunovaga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudi tomonidan 26-iyulda chiqarilgan qaror o‘zgarishsiz qoldirilgan. Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2023-yil 1-avgustdagi ajrimiga ko‘ra, U. Tursunovaga nisbatan birinchi va apellyatsiya instansiya sudlari chiqargan qarorlari o‘zgartirilib, unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Tarmoqlarda tarqalgan videoda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanidagi maktab direktori Umida Tursunova bilan tortishgani aks etgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbar Murodbek Davlatovning “Daryo”ga bildirishicha, tortishuv 26-iyul kuni Sariosiyo tumanidagi 12-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida sodir bo‘lgan.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Viloyat hokimi Umida Tursunovaga lavozimidan olinganini aytgach, direktor “mening nima aybim bor?” deb so‘raydi. “Eplolmaganing uchun, butun dunyoga sharmanda qilganing uchun”, deya javob bergan viloyat hokimi.

Foto: Videodan kadr
U yerda nima bo‘lganini siz qayerdan bilasiz? “Muhitni buzding”, deysiz, nima muhit buzilgan u yerda? Maktabning tomorqasigacha sotib yuborishyapti, shuncha yozganimizga indamaylik deb... Ahvolni o‘rganadigan odam yo‘q, bularning hammasining tili bir, — deydi Umida Tursunova viloyat hokimining dakkisi noo‘rin ekanini taʼkidlar ekan.
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Voqea davomida maktab direktori “Viloyat hokimiga to‘g‘ri maʼlumot kiritilishi kerak. Yo‘qot, yo‘qot, yo‘qot, nima qilyapman men? Senlar maktabda xohlagan ishingni qilding, hech kim hech narsa qilmadi-ku?! Menga chora ko‘riladimi? Nimaga tashqariga chiqaman? Mana shu yerda turib oxirigacha eshitaman, prezidentga aytadigan gapim bor. Otsa, meni O‘zbekiston oldiga olib chiqib, otib tashlasin”, — deydi. Shundan so‘ng direktor ichki ishlar organi xodimlari tomonidan majlislar zalidan olib chiqib ketilgan.

Foto: Videodan kadr

Majlislar zalini tark etayotgan Umida Tursunova viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga qarata “Hayf sizday viloyat hokimiga”, deydi.

Murodbek Davlatovning qo‘shimcha qilishicha, Umida Tursunova dastlab o‘qituvchilarga qo‘pol muomalasi sabab jamoatchilik nazariga tushgan. Shuningdek, u maktabga murojaatni o‘rganishga borgan jurnalistlarning kamerasiga shikast yetkazgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »