Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi respublikada sodir etilishi rejalashtirilgan ikkita teraktning oldini oldi: biri Turkistonda, ikkinchisi Ostonada. Bu haqda MXQ raisi o‘rinbosari Ruslan Seysembayevga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Foto: Tengrinews

Seysembayevning aytishicha, Qozog‘istonda har yili kamida ikkita teraktning oldi olinadi.

“Faqat shu yilning o‘zida, Turkistondagi Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasida qo‘lbola portlovchi qurilmani ishga tushirishga urinishlar, shuningdek, Ostonadagi odamlar gavjum joyda qurolli hujumga urinish tayyorgarlikning dastlabki bosqichida to‘xtatib qolindi”, — dedi Seysembayev Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi 40-kengashi ochilish marosimida.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, SHHTga aʼzo davlatlar uchun terrorchilik tahdidlarining shakllanishi bir qator dominant omillar taʼsirida yuzaga kelmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, so‘nggi uch yil ichida SHHT davlatlarida kamida 80 ta shov-shuvli teraktlar sodir etilgan. Bu yil esa keskin o‘sish kuzatildi.

“Agar 2022-yilda 18 ta (terakt) sodir etilgan bo‘lsa, 2023-yilda ularning soni 47 taga yetdi. Terrorchilar qo‘lidan 400 dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi, 940 ga yaqin kishi jarohat oldi. Zo‘ravonlik harakatlarini bostirish uchun xavfsizlik kuchlari va huquq-tartibot idoralari tomonidan 300 dan ortiq yirik aksilterror operatsiyalari o‘tkazildi. 1,6 ming terrorchi va ularning sheriklari qo‘lga olindi. Hokimiyatga qarshilik ko‘rsatgan 60 ga yaqin jinoyatchi yo‘q qilindi”, — deya sanab o‘tdi Seysambayev.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »