Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan O‘zbekistonning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil etilgan choraklik hisoboti chop etildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mazkur hisobotda mamlakatning joriy makroiqtisodiy holati tahlil etilib, 2023-yil uchun prognozlar berilgan. Sharhning maqsadi makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va milliy iqtisodiyotning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish shartlarini taʼminlash bo‘yicha iqtisodiy siyosat sohasidagi rivojlanish istiqbollarini baholashdan iborat.

Markazning 2023-yil yanvar-iyun bo‘yicha Makroiqtisodiy sharhining asosiy xulosalariga quyidagi baholashlar kiradi:

  • yalpi talab omillari tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiy o‘sishning asosiy drayveri bo‘lib aholining yalpi isteʼmol xarajatlarining ko‘payishi xizmat qilmoqda;
  • markaz baholashlariga ko‘ra, may oyida aholining nominal daromadlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,6 foizga oshgan;
  • isteʼmolchilar kayfiyati indeksi iqtisodiyotdagi optimistik kayfiyat yuqoriligicha qolayotganini ko‘rsatmoqda;
  • aholining isteʼmol xarajatlari va iqtisodiy faollikning oshishi kutilmoqda;
  • fiskal va monetar rag‘batlantirish vositalari orqali iqtisodiyotni rag‘batlantirishni davom ettirish inflyatsion bosimni keltirib chiqarishi mumkin;
  • keyingi yillardagi tendensiyalar iqtisodiyotda tarkibiy va texnologik o‘zgarishlar ro‘y berayotganidan, resurslarni taqsimlash samaradorligi ortib borayotganidan dalolat bermoqda;
  • fiskal sektor tahlili shuni ko‘rsatadiki, fiskal siyosat protsiklik holatda, yaʼni iqtisodiy o‘sish o‘z salohiyatiga qaytgan bo‘lsada, iqtisodiyotni rag‘batlantirishda davom etmoqda.

Qayd etilishicha, 2023-yilning birinchi yarmida savdo shartlari indeksi 89,7 bandni tashkil etgan (2019-yilning asos davri – 100). 2019-yil boshiga nisbatan charm buyumlar, mis va mis mahsulotlari, kulolchilik, ipak mahsulotlari, qora metallar, plastmassa va poyabzallar bo‘yicha savdo shartlari yaxshilangan.

Markaz prognozlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi bazaviy ssenariy bo‘yicha 5,8 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Yanvar–iyun oylarida respublika budjeti xarajatlari 2022-yilning yarim yilligiga nisbatan 25 foizga o‘sgan. Xarajatlarning teng yarmi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan. “Birinchi yarim yillikda davlat budjeti daromadlari 100 trillion so‘mni tashkil etdi. Shundan 76 trillion so‘mi soliq, 24 trillion so‘mi bojxona tushumlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Davlat budjeti xarajatlari esa jami 129 trillion so‘mdan oshdi. Shundan ijtimoiy sohalarga 65 trillion so‘m yo‘naltirildi”, — degan edi iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Qonunchilik palatasi yig‘ilishida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »