Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jurnalistlar “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinning samolyotini portlatish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan sxema haqida xabar berdi. Bu haqda “Moskovskiy Komsomolets” xabar berdi.

Kollaj: Telegram

Ma’lum qilinishicha, “Vagner” asoschisiga tegishli bo‘lgan ikkala samolyot ham “norasmiy yuk” — hujjatlar va posilkalarni tashish uchun ishlatilgan. Ekipajdan ko‘pincha Sheremetyevodan Pulkovoga yuk yetkazib berish so‘ralgan.

Posilkalar to‘g‘ridan to‘g‘ri aerodromda topshirilgan. Ekipajga yukni o‘rganish qat’iyan man etilgan. Yuklarni uchuvchilarga topshirish hamma, shu jumladan, Prigojin ham bortga chiqqandan keyin amalga oshirilgan.

“Yuk Sheremetyevo aeroportining A terminali hududiga olib kelingan, u yerga avtomobil faqat ruxsatnoma bilan kirishi mumkin. Keyin yuk birlamchi nazoratdan o‘tkazilgan”, — deyiladi xabarda.

Shundan so‘ng uchuvchilar yukni olib, yana ko‘rikdan o‘tgan va samolyotga ketgan. Odatda samolyotda aviatsiya xavfsizligi xodimi navbatchilik qiladi.

Xabar qilinishicha, Embraer Legacy samolyotining bagaj qismida juda ko‘p buyumlar saqlangan. U yerda parvoz xavfsizligiga taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan begona buyumni yashirish mumkinligi aytilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »