Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mashhur va boy ota-onalarning oilasida tug‘ilish juda yoqimli, chunki ular beg‘am kelajagingiz haqida qayg‘urishadi. Ammo boy merosxo‘rlarning bolaligi har doim betashvish o‘tgan deb bo‘lmaydi: ota-onalarning maqomi ularni yoshligidanoq jamiyatda o‘zini to‘g‘ri tutishga majbur qiladi. Ota-onalarning mashhurligi ularni mehnatsevar bo‘lishga undaydi, pul ishlashni va uni boshqarishni bolalikdan o‘rganishadi.

Malika Sharlotta, shahzoda Jorj, shahzoda Lui

Foto: Getty Images

Sharlotta, Jorj va Lui tug‘ilishi bilanoq Britaniya (va butun dunyo) jamoatchiligining sevimlilariga aylanishdi. Garchi ular hali shaxsiy moliyaviy resurslarga ega bo‘lmasalar va barchasi qirollik nomidan mustaqil tashkilotlar tomonidan boshqarilsa-da, ularni haqli ravishda dunyodagi eng boy bolalar deb hisoblash mumkin. Birinchidan, qirollik oilasi a’zolari har yili davlat stipendiyasi oladi, bu rasmiy vazifalarni bajarish paytidagi barcha xarajatlarni qoplaydi. Ikkinchidan, merosxo‘rlar keng doiradagi imtiyozlarga ega.

Malika Sharlottaning boyligi 5 milliard dollarga baholanib, uni dunyodagi eng boy merosxo‘rga aylantirdi. Shahzoda Jorj 3,6 milliard dollar, shahzoda Lui hozircha u 125 million dollargacha kapitalga ega.

Shuni ta’kidlash kerakki, Buyuk Britaniya ham, moda brendlari ham taxtning kichik merosxo‘rlaridan yaxshigina pul ishlashadi. Qirollik bolalari paparatssilar tomonidan diqqat bilan kuzatiladi, ular yangi obrazda paydo bo‘lishi bilanoq, Sharlotta, Jorj yoki Lui kiygan brendning aynan bir xil yoki o‘xshash bolalar buyumlari Buyuk Britaniya bo‘ylab sotiladi.

Stormi Vebster

Foto: Getty Images

Kosmetika sohasidagi mediamagnat Kayli Jenner va reper Trevis Skottning to‘ng‘ich qizini butun Amerika kuzatadi. Maftunkor Stormi tez-tez ota-onasining ijtimoiy tarmoqlarida paydo bo‘ladi. Ommaviy axborot vositalari Stormining boyligini kamida 726 million dollarga baholagan.

Blyu Ayvi Karter

Foto: Getty Images

Xonanda Beyons va reper Jey Zi 11 yoshli qiziga turli xil moliyaviy aktivlar sovg‘a qilishadi. Bundan tashqari, Blu Ayvi o‘ziga tegishli bo‘lgan qo‘shiqlarni mustaqil ravishda yozishi va prodyuserlik qilishi mumkin — ulardan keladigan daromadlar esa o‘ziga tegadi. Aytgancha, u allaqachon ijodiy sohada o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan: “Qirol sher” filmining saundtreki bo‘lgan Brown Skin Girl qo‘shig‘ini yozishda ishtirok etgan, buning natijasida u allaqachon eng yaxshi musiqiy video uchun birinchi “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritdi

Nort Uest

Foto: Getty Images

Mashhur ota-onaning 9 yoshli qizi allaqachon o‘zining to‘rtta brendini ochgan: bu bahorda Kim Kardashyan qizining nomiga turli sohada — go‘zallik va ko‘ngilochar, o‘yinchoqlar yaratish va reklamalarni rivojlantirish uchun to‘rtta savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Ayni paytda mashhur ota-onasi tufayli Nort turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 375 million dollarlik kapitalga ega.

Rayan Guan (Kaji)

Foto: Getty Images

AQSHlik bola 35,5 million obunachiga ega YouTube kanalini boshqaradi va dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi blogerlar va eng boy bolalardan biri hisoblanadi. Hammasi ota-onasi Loann va Shion u uchun kanal yaratib, yangi o‘yinchoqlarini ochayotganini tasvirga olganidan boshlandi. Bola ulg‘ayib, tobora ko‘proq ijod qila boshladi, blog uning sevimli mashg‘ulotiga aylandi, natijada u videoxostingdagi mashhur bolalar kanaliga aylandi. Bundan tashqari, hozirda Rayan nafaqat blog uchun video suratga oladi, balki ota-onasi bilan birga bolalar uchun ko‘ngilochar studiya ochgan. Bugungi kunda Rayanning boyligi taxminan 100 million dollarga baholanmoqda.

Vlad va Niki

Foto: Getty Images

Yana bir mashhur bloger bolalar — Vlad va Niki. Iste’dod ularga ota-onalaridan o‘tgan — ular YouTube’da 20 dan ortiq blog yuritadi va farzandlari ham “Vlad va Niki” kanalida 100 million obunachi to‘plashgan. Blogga qo‘shimcha ravishda turli o‘yinchoq brendlari bilan tuzilgan shartnomalardan katta daromad olishadi. Bolalarning shaxsiy boyligi 286 million dollarga baholangan.

Valentina Paloma Pino

Foto: Getty Images

Aktrisa Salma Xayek va tadbirkor Fransua Anri Pino qizining kelajagi haqida hozirdan qayg‘urgan. Bir necha yil oldin Valentinaning ota-onasi unga hisob ochgan va 12 million dollar kiritishgan. Shu bilan birga, Valentina eng kamtar merosxo‘rlardan biri. Valentina ijtimoiy tarmoqlarda nashrlar uchun ko‘p suratga tushish va qimmatbaho brendlarning rasmlarini namoyish qilish bilan shug‘ullanmaydi, ommaviy axborot vositalarida ham kamdan-kam ko‘rinish beradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »