Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eronning Sheroz shahrida 10-sentabr kuni Shoh Cherax masjidiga uyushtirilgan hujum ishtirokchilari ustidan sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Mehr News xabar berdi.

Foto: Mehr News

2023-yil 13-avgust kuni shia ziyoratgohida sodir etilgan hujumda ikki kishi halok bo‘lgan, yetti kishi yaralangan. Asosiy ayblanuvchi Tojikiston fuqarosi Rahmatullo Navro‘zov hisoblanadi. Uning sheriklari Habibullo Arabzoda va Amrullo Nazariy ham hujumda ayblanmoqda. Ular qaysi davlatdan ekani haqida ma’lumot berilmagan.

Sheroz prokuraturasi vakili Rahmatullo Navro‘zovni birinchi darajali jinoyatda: xudosizlik va ISHID terrorchilik guruhiga a’zolikda aybdor deb topishga chaqirgan. Prokuror suddan Navro‘zovga ushbu ayblovlar bo‘yicha eng og‘ir jazo — o‘lim jazosini tayinlashga chaqirdi.

Birinchi sud majlisida Navro‘zovning o‘zi so‘roqqa tutilgan.

U ISHIDga ijtimoiy tarmoqlar orqali qo‘shilganini aytgan. Unga Salmon Aslamyor taxallusini berib, Turkiyaga borishni buyurishgan. Turkiyadan noqonuniy ravishda Eronga, so‘ngra Pokistonga, u yerdan Afg‘onistonga kirib, jangarilar lagerida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy tayyorgarlikni tamomlab, Eronga jo‘natilgan va u yerda bir muddat Shoh Cherax masjidi yonidagi uyda yashagan.

Navro‘zovning so‘zlariga ko‘ra, ISHID emissarlari unga masjidga o‘t qo‘yish va dindorlarni otib tashlashni buyurgan. Natijada u masjidga benzin bilan kelgan, biroq gilamlarga o‘t qo‘yishga ulgurmay qo‘lga olingan.

Hujumchining oldida avtomat bo‘lgan va u 11 marta o‘q uzgan. Oqibatda ikki kishining o‘limiga va yana yetti kishining yaralanishiga sabab bo‘lgan.

“Men hibsga olinishimni bilmasdim, o‘ldirishadi, deb o‘yladim. Nishonga olgan odamlarning sonini hisoblamadim, niyatim oxirgi patrongacha operatsiyani davom ettirish edi”, — deydi u.

ISHID Sherozdagi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan va buni 2022-yil 26-oktabrda Shohchoro‘g‘ maqbarasiga uyushtirilgan hujum uchun o‘limga hukm qilingan ikki jangarisining qatl etilgani uchun qasos deb atagan. Ushbu hujumda 13 kishi halok bo‘lgan, yana 27 kishi yaralangandi.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »