Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Qirg‘iziston chet elga jami 463,5 million dollarlik 7,4 tonna oltin jo‘natdi. Qimmatbaho metallar savdosining sezilarli o‘sishi kuzatildi, chunki 2022-yilning shu davrida 609,6 ming dollarga atigi 64,4 kilogramm oltin eksport qilingandi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Sariq metallning joriy eksport hajmi 2022-yilga nisbatan 115 baravar yuqori. Qimmatbaho metall eksportining asosiy ulushini Shveysariyaga yetkazib berish tashkil etadi, jumladan 374,9 million dollarga 5,9 tonna oltin. Joriy yilning 6 oyida Shveysariyaga eksport 3,9 tonnani tashkil etgan, bu esa so‘nggi oyda eksport hajmi o‘sganini bildiradi.

Shveysariyadan tashqari Qirg‘iziston Gonkongga 60 million dollarga 983,3 kilogramm, Birlashgan Arab Amirliklariga 28,5 million dollarga 450,6 kilogramm qimmatbaho metall yetkazib bergan.

2022-yilda 7 oy davomida barcha oltin eksporti Turkiyaga amalga oshirilgan, joriy yilda esa bu mamlakatga yetkazib berilmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »