Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ruminiya hududidan Rossiyaga qarashli dronlarning qoldiqlari topildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligiga tayanib, Meduza xabar berdi.

Foto: Reuters

Ruminiya harbiylari chegaradagi Tulcha okrugida bir necha o‘nlab kvadrat metr maydonda dron parchalarini vizual tarzda aniqladi. Vazirlik tegishli bayonotni 13-sentabr kuni Rossiya dronlari Ukraina janubidagi Ruminiya bilan chegarada joylashgan Izmoil shahriga hujum qilganidan keyin e’lon qilindi.

“Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi holat yuzasidan norozilik bildiradi va Rossiya diplomatik missiyasi rahbarini mamlakatda aniqlangan dronning yangi bo‘laklari topilgani munosabati bilan chaqirtirish niyatida”, — deyiladi TIV munosabatida.

Agar dron parchalari Rossiya droniga tegishli bo‘lsa, bu sentabr boshidan beri Ruminiyada uchinchi marta rus dronlarining qismlari aniqlanishi hisoblanadi. Ilgari ular 4 va 9-sentabr kunlari Odessa viloyati janubidagi portlarga rus dronlarining zarbalaridan keyin topilgan edi.

13-sentabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ruminiya bilan chegarada joylashgan Odessaning Reni va Izmail portlariga yana dronlar bilan zarba berdi. Yetti kishi jarohatlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »