Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ota-onalar va o‘qituvchilarimizdan o‘qish muhim va usiz yaxshi maoshli ishga kirish qiyinligini bir necha bor eshitganmiz. Bunda qandaydir haqiqat bor, chunki ko‘pchilik faqat iste’dod bilangina muvaffaqiyatga erisholmaydi. Ammo quyidagi yulduzlar buning aksini allaqachon isbotlagan.

Nikol Kidman

Foto: Getty Images

“Katta yumilgan ko‘zlar bilan”, “Mulen Ruj!”, “Boshqalar” filmlari yulduzi Avstraliya qizlar maktabida astoydil o‘qigan, onasi uni vokal va balet darslariga olib borgan.

Biroq onasi saraton kasalligiga chalinganidan keyin Nikol maktab va to‘garaklarga borolmay qoladi. Chunki u onasiga qarashi kerak edi, onasining undan boshqa hech kimi bo‘lmagan.

Bo‘sh vaqtlarida Nikol massajchiga yordamchi sifatida ishlay boshlaydi, keyinchalik kinosinovlarga qatnashadi — 22 yoshida qiz filmdagi ilk rolini o‘ynaydi.

Xoakin Feniks

Foto: Getty Images

Feniks oilasi “Xudoning bolalari” diniy sektasiga mansub bo‘lib, Janubiy Amerikaga sayohat qilishadi. Fenikslar Xoakin to‘rt yoshga to‘lganda sektadan ketishadi va oilaning taqdiri keskin o‘zgaradi.

Ota-onasi farzandlariga hayotning boshqa tomonini ham ko‘rsatish uchun bolalarini reklama agentligiga yuborishga qaror qiladi — shundan so‘ng ular doimiy ravishda suratga tushib, reklamalarda rol o‘ynashadi va maktabga deyarli borishmaydi. Shu sababli “Joker” filmi yulduzi bir amallab to‘qqizinchi sinfni tugatadi va aktyorlik san’atini egallashga kirishadi.

Timati

Foto: Getty Images

Timati maktabni tugatib, dastlab ota-onasining xohish-istagiga ko‘ra Oliy iqtisodiyot maktabining moliya fakultetiga o‘qishga kiradi, ammo olti oydan so‘ng o‘qishni tashlab ketadi. Ayni o‘sha paytda Timati Jigan, Pasha, Bogdan Titomir va boshqa musiqachilar bilan uchrashadi va ular bilan ijod qilishni boshlaydi.

Kventin Tarantino

Foto: Getty Images

Dunyoga mashhur rejissorning o‘zi o‘qishni istamaydi va onasidan maktabga bormaslik uchun ruxsat so‘raydi. Onasi bunga ruxsat beradi, faqat bitta shart bilan — u ish topish kerak edi.

Keyin 15 yoshli Kventin kinoteatrda kassir bo‘lib ishga kiradi; bo‘sh vaqtlarida Jeyms Best bilan aktyorlik darslarida qatnashadi va birozdan keyin filmlar prokatida yarim kunlik smenada ishlaydi. Bu yerda rejissorlik mahoratini chuqur o‘rganadi.

Rianna

Foto: Getty Images

Umbrella va Monster xitlari ijrochisi kambag‘al oilada o‘sgan, shuning uchun maktab yillarida kiyim-kechak do‘konida yarim kunlik smenada ishlagan.

16 yoshida Rianna Def Jam Recordings ovoz yozish studiyasi bilan shartnoma imzolash uchun maktabni tashlaydi. Rianna sinfdoshlarining aytishicha, u har doim o‘qish va karyera yonma-yon turganda ikkinchisini tanlagan.

Jonni Depp

Foto: Getty Images

“Karib dengizi qaroqchilari” aktyori yoshligidan yulduz bo‘lishni orzu qilgan, ammo uning mehri kinoga emas, balki rok musiqasiga tushgan. Keyin u Rock City Angels guruhiga qo‘shiladi. Shuning uchun maktabni tashlab, ular bilan kunlar davomida mashq qiladi.

O‘tkazib yuborilgan darslar, bajarilmagan vazifalar va qoniqarsiz baholar uni qiziqtirmagan. Jonni 15 yoshidan boshlab musiqa chalishni va aktyorlik saboqlarini olishni boshlaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »