Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mashhurlar olamshumul shon-shuhratga erishishdan oldin qanday ishlar bilan shug‘ullanganini bilib olamiz.

Benedikt Kamberbetch — ingliz tili o‘qituvchisi

Foto: Getty Images

Qizig‘i shundaki, aktyor filmlarda suratga tushishdan oldin ingliz tilidan dars bergan. Benedikt 19 yoshida sivilizatsiyadan uzoqda joylashgan kichik Tibet qishlog‘iga borib, zax kulbada 4 soat uxlab, bemaza bo‘tqa yeb, o‘sha yerdagi mahalliy rohiblarga ingliz tilini o‘rgatadi. Tog‘dagi sarguzasht deyarli olti oy davom etadi.

Keyinchalik Kamberbetch parfyumeriya do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlaydi. U hayotda o‘z o‘rnini topish uchun shoshilmaslikka va o‘zini tinglashga harakat qiladi.

Jorj Kluni — ayollar poyabzali sotuvchisi

Foto: Getty Images

Otasi televideniye yulduzi, eng yuqori reytingli shoularning boshlovchisi, onasi bir nechta go‘zallik tanlovlari g‘olibi, amakisi “Oskar” sovrindori, xolasi XX asr o‘rtalarida mashhur qo‘shiqchi bo‘lgan Jorj Kluni ayollar poyabzali do‘konida sotuvchi bo‘lib uzoq vaqt ishlagani hayratlanarli, albatta.

Aslida, u jurnalist bo‘lish uchun o‘qigan, lekin u tirishqoq talaba emasdi. Qolaversa, Kluni film kastingidan o‘tgunga qadar nimaga qobiliyati bor ekanligini ham bilmasdi. Otasi uni aktyor bo‘lishdan qaytarish uchun juda ko‘p harakat qiladi. Jorjga suratga olish muhiti yoqib qolgani sababli so‘zida qat’iy turib oladi.

Jennifer Eniston — ofitsiant va kuryer

Foto: Getty Images

11 yoshida otasi Jon Enistonning muvaffaqiyatli kino karyerasiga havas qilgan Jennifer ham aktrisa bo‘lishga qaror qiladi. U muntazam ravishda drama to‘garagiga qatnashadi, keyin Nyu-York aktyorlik maktabiga o‘qishga kiradi. Kundalik xarajatlari uchun Jen ofitsiant va kuryer bo‘lib ishlagan, shu bilan birga, kastinglarda qatnashgan.

Aktrisa yomon xodim bo‘lganini tan oladi: u idish-tovoqlarni sindirar, buyurtmalarni unutib qo‘yardi — xuddi qahramoni Reychel Grin kabi. Uning fikr-u xayoli aktrisalikda bo‘lgan.

Jennifer Lopes – yurist yordamchisi

Foto: Getty Images

Gollivudni zabt etishdan oldin Jey Lo qisqa muddat yuridik firmada kotiba bo‘lib ishlagan. Rahbari Tomas Lavigne uning o‘z ishiga shu qadar sinchkovlik bilan yondashishini ta’kidlagan holda, Jennifer bu sohada o‘z o‘rnini topishi mumkin edi, deydi.

Silvestr Stallone — hayvonot bog‘ida farrosh

Foto: Getty Images

Stallonening hayoti — Amerika orzusiga erishish yo‘lining aynan o‘zi. Yuzining yarmi shol bo‘lgan odam Stallonega o‘xshab o‘jar bo‘lmasa, aktyor bo‘lishi qiyin. Qandaydir mo‘jiza bilan u Mayamidagi Dramatik san’at akademiyasini tamomlaydi, hatto teatrga ham ishga kiradi.

Silvestr Gollivud yulduzi bo‘lishning mashaqqatli yo‘lini bosib o‘tadi: u kinoteatrda chipta sotuvchisi, barlarda qorovul bo‘lib ishlagan, yerto‘lada o‘tkaziladigan ringlarda qatnashgan, hayvonot bog‘ida yo‘lbars va sher qafaslarini tozalagan. Oxirgi ishi uchun soatiga bir dollar olgan. Uch hafta davomida u bekatda tunab qoladi, chunki ijara haqini to‘lashga puli bo‘lmaydi. O‘sha paytlar yosh aktyorning ahvoli shunchalik yomon ediki, u 200 dollar evaziga rol o‘ynashga rozi bo‘ladi. “Rokki” filmining muvaffaqiyatidan so‘ng gonorari sezilarli darajada oshadi.

Teylor Svift — bog‘bon

Foto: Getty Images

Xonandaning aytishicha, do‘stlari tabiat bilan bevosita muloqot qilgani uchun uni elf deb atashgan. Xayolparast va qiziquvchan Teylor daraxtlarga chiqar, qush uyalari va kovaklarni tomosha qilar va yalangoyoq yurishni yaxshi ko‘rardi.

Qiz fermada o‘sgan va dala ishlarida chiniqqan, shuning uchun u bolaligida o‘rmon xo‘jaligida yarim kunlik ishda ishlagan. U yerda archa ko‘paytirilgan, Sviftning vazifasi esa daraxtlardan beshiktebratar lichinkalarini yig‘ish edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »