Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarning xalqaro C1 sertifikatiga ega o‘qituvchilariga ustama to‘lanadi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Milliy baholash tizimi muvofiq bo‘lishi lozim bo‘lgan xalqaro standartlar, taʼlim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar, xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) ro‘yxati hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorni imzolangan.

Unga ko‘ra 2023-yil 1-sentabrdan boshlab professional taʼlim muassasalar (kasb-hunar maktabi, kollej va texnikum) va akademik litseyning xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan kamida C1 darajadagi sertifikatlarga ega umumtaʼlim fan o‘qituvchilari bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorda ustama haq to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, qaror bilan Milliy baholash tizimi muvofiq bo‘lishi lozim bo‘lgan xalqaro standartlar ro‘yxati, Taʼlim sohasida xizmat ko‘rsatuvshi vakolatli xalqaro tashkilotlar ro‘yxati, Xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) ro‘yxati tasdiqlangan.

2021-yil sentabrda Shavkat Mirziyoyev farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida o‘qituvchilar maoshini 1 000 dollarga yetkazmaguncha to‘xtamasligini ma’lum qilgan edi. 2020-yilning noyabrida o‘qituvchi va shifokorlar bilan uchrashuvda Prezident ularning maoshini oshirish bo‘yicha katta rejalar haqida e’lon qilgandi.

“O‘qituvchi 1 000 dollar olmasa, ishga kelmasligi kerak. Xuddi shu holat shifokor bilan. Agar shifokor 1 000 dollar olmasa, ertaga bolalari va nevaralarini qanday boqadi?” — degan edi prezident. O‘shanda Shavkat Mirziyoyev ko‘pchilik mamlakatdagi tibbiy xizmatlar sifatidan norozi ekanini tanqid qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »