Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentda 15-sentabr kuni soat 09:23 da elektrobus va Nexia ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Toshshahartransxizmat” 

Voqea Mirobod tumani, Sayhun ko‘chasida sodir bo‘lgan. Videoregistratorda qayd etilgan tasvirdan elektrobus yashil chiroqda harakatlangani, Nexia esa chorrahada uning yo‘lini kesib chiqib, urilganini ko‘rish mumkin.

“Toshshahartransxizmat” xabarida aytlishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, Shimoliy vokzal—Suvsoz mavzesi yo‘nalishida harakatlanuvchi 13T-sonli elektrobus va yengil avtomobil texnik shikastlangan.

YTH Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

8-sentabr kuni Toshkentning Bektemir tumanida ichida yo‘lovchilar bo‘lgan elektrobus beton ustunga borib urilgandi. Oqibatda elektrobusdagi yo‘lovchilarning besh nafari hamda haydovchi tan jarohati olgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »