Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden kelasi hafta tarixda ilk bor Markaziy Osiyoning beshta davlati — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Uchrashuv Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi, deb ma’lum qildi AQSH prezidenti maslahatchisi Jeyk Sallivan.

Foto: White House

Shavkat Mirziyoyev kelgusi hafta AQSHga jo‘nab ketishi haqida O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qilgandi.

“Bu C5+1 formatidagi ilk prezident sammiti bo‘ladi”, — dedi Sallivan.

U mazkur sammit qaysidir davlatga qarshi qaratilmagani, gap AQSHning Markaziy Osiyodagi besh davlat bilan yo‘lga qo‘yishi mumkin bo‘lgan pozitiv kun tartibi haqida ketayotganini ta’kidladi.

“Uchrashuvda bir qator masalalar muhokama qilinadi: mintaqaviy xavfsizlikdan tortib savdo va o‘zaro munosabatlar, iqlim o‘zgarishigacha”, — dedi Sallivan.

Uchrashuv oldidan AQSH prezidenti BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlaydi va u yerda dunyoning “shoshilinch muammolari”ni hal etish choralarini bayon qiladi.

5-sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi ochildi. 19—23-sentabr kunlari prezidentlar, hukumat rahbarlari va tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadigan oliy darajadagi haftalik bo‘lib o‘tadi.

OAV Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham AQSHga borib, Oq uyda Bayden bilan uchrashishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »