Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qarorga ko‘ra, aholi uchun 1 kVt/soat elektr energiyasi narxi o‘zgarishsiz — 295 so‘m qoladi.

I va II guruh isteʼmolchilari — Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq KMK, O‘zbekiston metallurgiya kombinati va ularning tarkibiy korxonalari, budjet tashkilotlari, shuningdek, nasos stansiyalari uchun 1 kVt/soat elektr energiyasi narxi 450 so‘mdan 1000 so‘mga (2,2 marta) oshadi, boshqa yuridik shaxslar (kompaniyalar) uchun esa — 450 so‘mdan 900 so‘mgacha (2 baravar).

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy isteʼmolchilar uchun tarif ham o‘zgarishsiz qoldi — 147,5 so‘m etib belgilandi.

Aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gazning bir kubometri narxi ham o‘zgarmaydi — 380 so‘m.

Gazni hisobga olish priborlari mavjud bo‘lmaganda, ovqat tayyorlash va issiq suv taʼminoti uchun beriladigan gazning bir kubometri 660 so‘m (o‘zgarishsiz qoladi), isitish uchun — 380 so‘m (o‘zgarishsiz qoladi) bo‘ladi.

Navoiy KMK, Olmaliq KMK, “O‘zmetkombinat” va budjet tashkilotlari uchun bir kubometr gaz narxi 660 so‘mdan 1800 so‘mgacha (2,7 baravar) oshiriladi. Boshqa yuridik shaxslar uchun esa narx 660 so‘mdan 1500 so‘mgacha (2,3 baravar) oshadi.

Aholi uchun suyultirilgan gaz tarifi o‘zgarmaydi — 1120 so‘m.

Shuningdek, qaror bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida:

  • o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunalari tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga to‘liq ulangani va onlayn rejimda maʼlumotlar uzatilayotgani qatʼiy nazorat qilib boriladi;
  • noqonuniy ulanish, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish va noqonuniy isteʼmol qilishning boshqa holatlarini, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlari kuchaytiriladi;
  • tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi kelgusi olti oyda bir kub metr uchun 3250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha qatʼiy choralar ko‘riladi.

Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suv xizmatlariga, shahar yo‘lovchilar tashish transportida (bundan yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar mustasno) yo‘lovchilar tashish xizmatlariga yangi taʼriflarni belgilash tavsiya etilmoqda.

Bunda, issiqlik taʼminoti xizmatlarining aholi uchun belgilanadigan narxlari joriy kuz-qish mavsumida oshirilmasligi ko‘zda tutilgan.

Narxni bozor tamoyillariga o‘tkazmasdan elektr energiyasidagi muammolarni hal qilish imkonsiz

8-sentabr kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini muhokama uchun eʼlon qilgandi

Elektr va gaz narxlari bosqichma-bosqich erkinlashtiriladi. So‘nggi marta O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasi tariflari 2019-yilning avgust oyida o‘zgargan edi. Birinchi bosqichda narx o‘zgarishi yuridik shaxslarga, tadbirkorlarga va yirik korxonalarga ta’sir qiladi. Aholi uchun tariflar o‘zgarishsiz qolmoqda.

Jahon banki va xalqaro mutaxassislar O‘zbekiston energetika sohasi islohotlarga  muhtojligini bir necha bor ta’kidlagan edilar. Shu bilan birga, davlat tomonidan elektr energiyasi va gaz sohasidagi subsidiyalar to‘xtatilib, narxlar bozor tamoyillariga o‘tkazilmas ekan, modernizatsiya bo‘lmaydi, uzilishlar esa davom etaveradi.

Iqtisodchi Behzod Hoshimov O‘zbekistonning energetika tarmog‘idagi narx siyosati kambag‘allar yanada kambag‘alroq, boylar esa yanada boyroq bo‘lishiga olib kelishini ta’kidlagan edi. U Energetika kompaniyalariga bozorga xos bo‘lmagan narxlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilayotgan subsidiyalarni boyalarni rag‘batlantirayotganini aytgan. Bundan tashqari, tariflarning pastligi sabab energetika kompaniyalari milliardlab zarar ko‘rmoqda.

2022-yilda “Daryo”ga intervyu bergan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mas’ullari “Narxlarni o‘zgartirishni taqozo qilayotgan asosiy sabab elektr energiya ishlab chiqarish, tabiiy gaz qazib chiqarish korxonalari va yetkazib berish tarmoqlarining eskirgani bilan bog‘liq”ligini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »