Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston hukumati 1929—1956-yillardagi siyosiy qatag‘on qurbonlarining 2,4 milliondan ortiq arxiv kartochkalarini maxfiylikdan chiqardi. Bu haqda 18-sentabr kuni respublika Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: DW
“Qozog‘istonda 1929—1956-yillardagi siyosiy qatag‘on qurbonlariga oid 2,4 milliondan ortiq arxiv kartochkalari maxfiylikdan chiqarildi, maxsus ko‘chirilganlarning 251 mingta ishi prezident arxiviga topshirildi, shundan so‘ng ular manfaatdor shaxslarga taqdim etiladi. Yil oxirigacha 265 ming ish topshiriladi, 311 ming surgun qilingan, maxsus ko‘chirilgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar oqlandi”, — deya mahkama bayonotidan iqtibos keltirmoqda “TASS” axborot agentligi.

Qozog‘istonda siyosiy qatag‘on qurbonlarini oqlash

2020-yil 24-noyabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev siyosiy qatag‘on qurbonlarini to‘liq oqlash bo‘yicha davlat komissiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Komissiyaning 2020-yil 3-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida uning raisi, Qozog‘iston davlat kotibi Qrimbek Kusherbayev komissiyaning asosiy vazifasi “sovet davri siyosiy qatag‘on qurbonlarining barcha toifalari uchun tarixiy adolatni tiklashdan iborat”, deb aytdi.

2023-yilning yanvarida Qozog‘iston davlat maslahatchisi Yerlan Karin To‘qayevga siyosiy qatag‘on qurbonlari tarixiga oid 31 jildlik hujjat va materiallarni taqdim etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »