Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda pensionerlar tomonidan talab qilib olinmagan pensiyalarni to‘lash muddati ikki barobarga uzaytirilishi mumkin. Bu haqda 19-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan qabul qilingan qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijara munosabatlaridagi huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash hamda pensiyalarni tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasida “Ijara to‘g‘risida”gi va “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunlariga tegishli o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan aholining hayot darajasini yanada yuksaltirish hamda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida insonlarning farovonligini yanada oshirish, shuningdek, ijtimoiy himoya qilish dasturlarining samaradorligini qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlarga va zamon talablariga muvofiqlashtirish nazarda tutilmoqda.

Jumladan, “Ijara to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasidagi tegishli o‘zgartirishga ko‘ra nogironligi bo‘lgan shaxs deb hisoblangan ijarachi amaldagi ijara shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni davom ettirish istagini bildirgan taqdirda, shartnomaning amal qilishi to‘xtatilmasligi belgilanmoqda.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, pensinerlarga hisoblab qo‘yilgan, lekin ular tomonidan talab qilib olinmagan pensiyalari murojaat qilingan vaqtdan oldingi 12 oy uchun to‘lab beriladi. Natijada pensionerlar 12 oydan ko‘p vaqt respublika hududida bo‘lmaganda ularga o‘n uchinchi va undan oldingi oylar uchun pensiya to‘lanmaydi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan 2024-yil 1-yanvardan boshlab hisoblab chiqarilgan, lekin olinmagan pensiyalarni to‘lash muddati ikki barobarga ya’ni 12 oydan 24 oygacha uzaytirilmoqda. Shuningdek, pensiyalar miqdori yil davomida tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini hisobga olgan holda oshirib borilishini, mahkumlar ozodlikdan mahrum qilingan davrlarida amalga oshirgan faoliyati davrlari pensiya olish huquqini beradigan faoliyat turi sifatida belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Qizg‘in kechgan bahs-munozaralardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »