Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Davlat pensiyalarini to‘lash jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hujjatga ko‘ra, 2023-yil 1-noyabrdan “Xalq banki” sayyor kassalari tomonidan maxsus planshetlarda fuqarolar barmoq izi maʼlumotlarini Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga elektron so‘rov yuborish orqali o‘zaro mos kelgani tasdiqlanganidan so‘ng naqd pul shaklida pensiya va nafaqa to‘lash tizimi joriy etiladi.

Respublikaning tog‘li va olis hududlarida internet tezligi yoki boshqa muammolar sababli pensiya oluvchining barmoq izlarini elektron shaklda solishtirish imkoniyati bo‘lmaganda hamda o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma orqali boshqa shaxsga to‘lanayotganda naqd pul shaklda pensiya va nafaqalar to‘lov qaydnomalarini imzolash orqali amalga oshiriladi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi Markaziy bank bilan hamkorlikda:

  • Personallashtirish agentligi va aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qiladi;
  • “Xalq banki” tomonidan pensiya va nafaqa oluvchilarning barmoq izi elektron maʼlumotlarini solishtirish imkoniyati mavjud maxsus planshetlarni xarid qilishga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, bunday o‘zgarishlar fuqarolarga pensiya to‘lashda ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda mablag‘larni manzilli va maqsadli sarflanishini taʼminlash maqsadida joriy etiladi

Sohaga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb qilish orqali pensiya to‘lashda inson omilini kamaytirish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga erishiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »