Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Twitter (X) hamma uchun pullik bo‘lishi mumkin, ijtimoiy tarmoq rahbariyati har oyda foydalanuvchilaridan “oz miqdorda” pul undirishni o‘ylamoqda. Bu haqda milliarder va ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozadi Forbes.

Foto: Reuters
“Bu ulkan bot qo‘shinlariga qarshi kurashishning yagona yo‘li”, — dedi tadbirkor.

Maskning tushuntirishicha, botlarni yaratish “pensning bir qismi”cha turadi, ammo Twitter’dan foydalanish uchun “bir necha dollar” yoki “arzimas summa” to‘lash kerak bo‘lsa, bu juda qimmatga tushadi, ya’ni bot yaratuvchilari har safar yangi botni ishga tushirganda qo‘shimcha to‘lov qilishi kerak bo‘ladi.  

Avvalroq X foydalanuvchilarning biometrik ma’lumotlarini yig‘ishga qaror qilgandi. X maxfiylik siyosatidagi yana bir bandga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning ishi va ta’limi, shuningdek, ularning malakasi haqidagi ma’lumotlarni to‘playdi, bu ularga vakansiya tavsiya qilish va agar foydalanuvchi ish izlayotgan bo‘lsa, potensial ish beruvchilarni xabardor qilish uchun kerak, deyiladi xabarda.

Mask Twitter’ni “super app”ga aylantirmoqchi

Twitter’ni sotib olib, uning nomini X’ga o‘zgartirgandan so‘ng, milliarder Ilon Mask ijtimoiy tarmoqni “super app”ga aylantiradigan o‘zgarishlarni e’lon qildi, bunda dastur ko‘plab funksiyalarni o‘z ichiga oladi – to‘lovlardan tortib foydalanuvchilar o‘rtasidagi qo‘ng‘iroqlargacha.

31-avgust kuni ijtimoiy tarmoqning maxfiylik siyosatiga o‘zgartirishlar kiritilgani haqidagi xabarlar fonida Mask X foydalanuvchilari tez orada telefon raqamidan foydalanmasdan audio va video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi mumkinligini ma’lum qildi. Qo‘ng‘iroqlar iOS, Android qurilmalari, shuningdek, Mac va shaxsiy kompyuterlar uchun ochiq bo‘ladi.

Avgust oyi oxirida X kriptovalyutalar bilan ishlash uchun ham litsenziya oldi. Bu bilan kompaniya kelajakda dasturga foydalanuvchilarga kriptovalyutalarni bir-biriga o‘tkazish imkonini beruvchi funksiyani qo‘shishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »