Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro viloyatida ayolning fotosuratlariga maxsus dastur yordamida qayta ishlov berib, tarqatish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Kogon tumanida yashovchi 35 yoshli (ayol) K.Z. ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjerida bir shaxs uning turli fotosuratlari va behayo tasvirlarini ijtimoiy tarmoq orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, tarqatmaslik evaziga pul talab qilayotganini maʼlum qilgan.

Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Kogon tumanida yashovchi 19 yoshli talaba T.B. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan T.B. fuqaro K.Z.ga Telegram orqali yozib, uning profilidagi fotosuratlariga maxsus dastur yordamida qayta ishlov berib, yalang‘och holdagi behayo fotosuratlari borligini aytgan. U mazkur behayo fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib, sharmanda qilish bilan uni qo‘rqitib, tarqatib yubormaslik evaziga undan 200 dollar miqdorida pul talab qilgan.

Tovlamachi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi yaqinidagi bekat oldida 2,5 million so‘m pulni K.Z.dan olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.B.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zgalarning shaxsiy ma’lumotlarini tarqatish orqali pul undirish holatlari

  • Iyul oxirlarida Buxoro shahrida erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lib, uni turmush o‘rtog‘iga oshkor qilmaslik evaziga telefon talab qilgan qiz qo‘lga olingandi.
  • May oyida Toshkentda ayolning foto-videolarini eri va qaynotasiga ko‘rsatishini aytib, undan pul talab qilgan erkak ushlangani
  • Toshkent viloyatida 19 yoshli qizning suratlarini tarqatish bilan tahdid qilgan yigit qo‘lga tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »