Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning qurg‘oqchilikdan jabr ko‘rgan Jambil viloyatidagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga yetkazilgan zarar qoplanadi, deb yozmoqda “Vlast”. 19-sentabr kuni fermer xo‘jaliklariga to‘lovlar uchun davlat zaxirasidan mablag‘ ajratish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi. 

Foto: “Malim.kz”
“Bugun biz Jambil viloyati fermerlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun hukumat zaxirasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilmoqdamiz. Moliya vazirligi va hokimlik viloyatdagi jabrlangan fermerlarga to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashni ta’minlashi kerak”, — deb ko‘rsatma berdi Qozog‘iston Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida bosh vazir Alixon Smailov.

Jambil viloyati fermerlarining tabiiy ofatlardan ko‘rgan zararini qoplash uchun hukumat zaxira fondidan 3,6 milliard tengedan (7,6 million dollar) ortiq mablag‘ ajratgan.

Joriy yilda Jambil viloyatida ko‘plab qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari namlik yetishmasligidan zarar ko‘rdi. Viloyat hokimligi maʼlumotlariga ko‘ra, Boyzak, Jambil, Qo‘rday, Merken, Risqulov va Talas tumanlarida 400 ta agrosanoat kompleksi subyektining 9 ming gektar maydondagi hosiliga zarar yetgan.

Hukumat rahbari Moliya, Qishloq xo‘jaligi va Milliy iqtisodiyot vazirliklariga mamlakat agrosanoat majmuasini subsidiyalash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish bo‘yicha ish olib borishni ham topshirdi.

“Oziq-ovqat korporatsiyasining ustav kapitalini oshirish masalasini yangi hosildan bevosita oziq-ovqat va yem-xashak sotib olish uchun ishlab chiqish kerak. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Oziq-ovqat korporatsiyasi non ishlab chiqarish uchun g‘allani arzonroqqa yetkazib berish jadvallarini qayta ko‘rib chiqishi kerak”, — dedi Qozog‘iston bosh vaziri.

Hukumat qarori imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »