Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Gollivud va Bollivud — dunyodagi ikkita eng yirik kinosanoat. Odatda hind kinosi yulduzlarining amerikalik hamkasblarini maqtashi va ular bilan ishlashni orzu qilishi haqidagi gaplarini eshitib qolamiz. Biroq Gollivud yulduzlari orasida ham Bollivud aktyorlarini yaxshi ko‘radigan va ular bilan birga ishlashni istaydiganlari bor.

Jan-Klod Van Damm — Ayshvariya Ray Bachchan

Dunyodagi eng go‘zal ayollardan biri Ayshvarya Ray Bachchan o‘zining nafisligi va iste’dodi bilan ko‘plab Gollivud aktyorlarini, jumladan, Jan-Klod Van Dammni hayron qoldirgan. Aktyor ishtirokidagi “Universal askar”, “Kikbokschi”, “Qaltis nishon” va “Ikki tomonlama zarba” filmlari butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi.

Aktyor intervyularining birida Bollivud aktyorlari haqida berilgan savolga hind aktrisasi Ayshvariya va uning go‘zalligini ta’riflab javob qaytargan.

Foto: “Yandeks Dzen”

“Bollivud ijodkorlari juda ko‘p yaxshi filmlarni suratga olgan. Men ‘Devdas’ni qanday tomosha qilganimni yaxshi eslayman va Ayshvariyadan ko‘zimni uzolmaganman. Hindistonga borib, u yerda film suratga olishni juda xohlayman. Ko‘ramiz, bu borada nimadir qo‘limdan kelarmikan”, — degan aktyor.

Tom Kruz — Sonam Kapur

Sonam Kapur — eng go‘zal va mahoratli hind aktrisalaridan biri. Tom Kruz Mumbayga o‘zi ishtirokidagi “Uddalab bo‘lmas topshiriq-4” filmining maxsus namoyishi uchun tashrif buyurganida, u hind filmlarini yaxshi ko‘rishini va ijodkorlar bilan bir filmda ishlashni xohlashini aytgan. Aytgancha, Tom Sonam Kapurning ashaddiy muxlisi. Ular 2009-yilda Mumbayda uchrashishgan.

Foto: “Yandeks.ru” 

Jerard Batler — Priyanka Chopra

Priyanka Chopra 2000-yilda “Dunyo go‘zali” tanlovida g‘olib bo‘lganidan keyin butun dunyoni zabt etdi. Keyinchalik Bollivud va Gollivud filmlarida suratga tushdi. Vaqt o‘tib u xonanda Nik Jonasga turmushga chiqdi.

Biroq 2009-yilda britaniyalik kinoaktyor Jerard Batler Priyankani sevib qolgan va hatto aktrisadan unga turmushga chiqishini iltimos qilgan. Jerard Priyanka AQSHda bo‘lgan paytda “qiz do‘sti” u bilan uchrashish uchun o‘z reysini o‘tkazib yubormoqchi bo‘lgani haqida so‘zlab bergan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Silvestr Stallone — Salmon Xon

Salmon Xon jang va drama janridagi filmlari bilan mashhurlikka erishgan. U Bollivudga birin-ketin muvaffaqiyatli blokbasterlarni yetkazib berdi.

Kunlarning birida Silvestr Stallonedan kelajakda kim bilan ishlashni xohlashini so‘rashgan va u Salmon Xonning ismini tilga olib, aktyor  bilan birgalikda ajoyib jangovar filmda suratga tushishi kerakligini aytgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Deniel Redkliff — Shohrux Xon

“Garri Potter” filmi yulduzi Bollivud qiroli Shohrux Xonni juda yaxshi ko‘rishi haqida tez-tez gapiradi, chunki u Buyuk Britaniyada mashhur hind aktyori hisoblanadi. Deniel Shohrux Xonning ashaddiy muxlisi bo‘lib, kiyinish uslubi, aktyorlik va shaxsiyat borasida undan ilhom oladi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Kim Kardashyan — Salmon Xon

Yana Salmon Xon. Bu uning Gollivud yulduzlari orasida qanchalik mashhur ekanligini aniq ko‘rsatadi. Aktrisa va realiti-shou yulduzi intervyularining birida Salmon va Shohrux bilan birga ishlashni xohlashini aytgan, biroq unga ko‘proq Salmon Xon yoqadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Kristen Styuart — Ritik Roshan

Kristen Styuart “Sumerki” franshizasidagi Bella Svon roli orqali butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi. Kunlarning birida u o‘z intervyusida agar o‘g‘li bo‘lsa, uni Osiyodagi eng kelishgan erkaklardan biri hisoblangan Ritik Roshanga o‘xshatishlarini xohlashini aytgan.

“Agar o‘g‘lim bo‘lganida, uning Ritik Roshanga o‘xshashini xohlardim, biroq uning ko‘zlari (Robert Pattinson — aktrisaning partnyori) Robnikidek bo‘lishini istayman”, — degan aktrisa.

Foto: “Yandeks Dzen”

Robert Pattinson — Shohrux Xon

Yana bir bor Shohrux Xon. Shohrux Xon Robert Pattinsonni ham ilhomlantiradi.

Robert “Sumerki” loyihasidagi Edvard Kallen roli bilan tanilgan. Aktyor “O‘g‘irlanmagan kelin”ni ko‘rganini va uni Bollivuddagi eng yaxshi filmlardan biri deb bilishini aytgan.

“Shohrux bilan Bollivud filmida suratga tushishni xohlardim. U uslubim timsoli”, — deydi Robert.

Foto: “Yandeks Dzen”

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »