Badavlat oilalarda tug‘ilib, voyaga yetgan Gollivud yulduzlari (foto)
Mashhur bolalar odatda ota-onalari tanlagan kasbning qiyinchiligidan xabardor bo‘ladi. Lekin ularda boshqa imkoniyatlar bo‘lsa ham, aynan o‘sha mashaqqatli yo‘lni tanlaydi. Quyida nafaqat dunyoga tanilgan, balki ota-onasini ham hayratda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan Gollivud yulduzlari bilan tanishib chiqish mumkin.
Jennifer Eniston
Jenniferning otasi Jon Gretsiyada tug‘ilgan, ammo tez orada oilasi bilan Amerikaga ko‘chib kelgan. Teatr bo‘yicha ta’lim olganidan so‘ng, u hayotini televideniye bilan bog‘lashga qaror qilgan va uzoq davom etgan “Hayotimiz kunlari” serialida rol ijro etgan. Serial 1965-yildan efirga uzatilgan va u yerda Jonning qizi ham bosh rollardan birini ijro etgan.
Jennifer karyerasining boshida otasi uni bir necha bor yo‘ldan qaytarishga uringani va oddiyroq kasb tanlashni taklif qilganini tan olgan. Lekin Jennifer hammadan ham ko‘ra ko‘proq qalbiga quloq solgan va bu borada to‘g‘ri qaror qilganini uning muvaffaqiyatiga qarab ham bilish mumkin.
Jeyk Jillenxol
Kino sanoati nafaqat taniqli aktyor Jeyk Jillenxol hayotida, balki uning butun oilasida ham muhim rol o‘ynadi. Uning otasi Stiven Jillenxol “Mentalist” va “Tvin Piks” seriallariga rejissorlik qilgan. Aktyorning onasi esa ssenariynavis bo‘lib, hattoki “Oskar” va “Oltin globus” mukofotlariga nomzodi qo‘yilgan. Jeykning o‘zi esa dunyo miqyosida tan olingan aktyorlardan biri hisoblanadi. Bunga uning ijrosidagi rollar hamda ko‘plab mukofotlari isbot bo‘la oladi.
Lora Dern
Lora Dernning ota-onasi eng nufuzli mukofotlarga nomzod bo‘lgan taniqli aktyorlardir. Bryus Dern bir qancha taniqli rejissorlar – Kventin Tarantino, Frensis Ford Koppolaning filmlarida suratga tushgan. Uning rafiqasi Dayan ham teleseriallarda rol ijro etgan mashhur aktrisa. Shuning uchun ham Lara boshqa yo‘lni tanlay olmadi. U 6 yoshidan aktyorlik faoliyatini boshlagan. U hanuzgacha turli janrlarda tajriba o‘tkazishda davom etmoqda va uning mukofot-u nominatsiyalari yildan yilga ortib bormoqda.
Dryu Berrimor
Dryu Berrimor ham aktyorlar sulolasidan. Ota tomondan qarindoshlarining aksariyati kino sohasida muvaffaqiyatga erishgan. Eng qizig‘i shundaki, Dryu aktrisalikni 11 oyligidan boshlagan. U hanuzgacha Gollivudning eng yorqin va talabgir yulduzlaridan biri hisoblanadi.
Lili Kollinz
Lili Kollinz – 8 ta “Gremmi” mukofotini olgan ingliz rokeri Fil Kollinzning qizi. Lili ham allaqachon kino sohasida katta tajribaga ega aktrisalardan sanaladi va uning navbatdagi ishlaridan biri “Emili Parijda” mashhur serialidir.
Gvinet Peltrou
Givent nafaqat tadbirkorlikda, balki kino sohasida ham muvaffaqiyat qozondi. Taniqli rejissorlar bilan ishlagan va eng kassabop filmlarda suratga tushgan Gollivudning eng yaxshi aktrisalaridan biri. U o‘zining iste’dodini onasi – “Ota-onalar bilan tanishuv” komediyasidagi Dina Byorns roli bilan tanilgan amerikalik aktrisa Blayt Dannerdan meros qilib olgan. Gvinet hamisha onasining u va akasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun bir qancha rollardan voz kechganini tan olgan.
Keyt Xadson
Keyt Xadson amerikalik taniqli aktrisa Goldi Xoun va qo‘shiqchi Bill Xadson oilasida dunyoga kelgan. Afsuski, uning ota-onasi tez orada ajrashib ketgan. Gollivud go‘zalining karyerasidagi yutuq “Deyarli mashhur” filmi bo‘ldi. Kartina unga “Oskar” mukofotining “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni keltirdi va yangi muvaffaqiyatli loyihalarga yo‘l ochdi.