Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy AQSH bilan urush qilishga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Donald Tramp ma’muriyatida milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlagan Jon Bolton razvedka ma’lumotlariga tayanib ma’lum qildi, deb yozmoqda The Telegraph.

Foto: Sputnik news

Xususan, Bolton AQSH harbiy-havo kuchlari kotibi Frenk Kendallning urushga tayyorgarlik haqidagi gaplarini eslatdi.

“Bu tahdid harbiy ishlar bilan cheklanib qolmaydi, balki siyosat va iqtisodga ham taalluqlidir. So‘nggi o‘n yil ichida biz bu tahdidni turli darajada tan oldik. Ko‘p hollarda biz tahdidlarning kattaligi va ko‘lamini baholashda xavfli darajada sustlik qildik”, — dedi Bolton.

Uning ta’kidlashicha, Xitoy o‘nlab yillardan beri G‘arbga qarshi iqtisodiy urush olib bormoqda: intellektual mulkni o‘g‘irlash, JST kabi savdo institutlari doirasida merkantilistik siyosatini olib borish, o‘zining muhim ichki bozorlarini xorijiy raqobatdan ajratib qo‘yish va bir vaqtning o‘zida G‘arbdagi ochiqlikdan foydalanish kabi.

Bolton Xitoyga haddan tashqari ko‘p sarmoya kiritgan yoki Pekinga haddan tashqari qaram bo‘lib qolgan amerikalik yirik biznes egalarini aybladi.

“Ular shuncha yildan buyon Sovet Ittifoqi qulashi xalqaro siyosiy xavf tugaganini anglatmasligini tushunmayapti”, — deb ta’kidladi Bolton.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »