Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston xavfsizlik, iqtisodiyot hamda energetika sohalarida hamkorlikni chuqurlashtiradi. Bu haqda 21-sentabr, payshanba kuni Oq uy saytida chop etilgan bayonotda aytiladi.

Foto: O‘zbekiston  Prezidenti matbuot xizmati

Hujjatda aytilishicha, AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi doirasida C5+1 formatidagi sammitda xavfsizlik, iqtisodiyot va energetika sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olgan.

“Biz mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha umumiy muammolarni hal qilish hamda Markaziy Osiyo davlatlarining suvereniteti va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashning muhim poydevori sifatida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash tarafdorligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”, — deyiladi Oq uy bayonotida.

AQSH Markaziy Osiyo davlatlarida xavfsizlikni mustahkamlash uchun moliyalaviy ko‘makni oshirishni, shuningdek, mintaqadagi besh davlatga foydali qazilmalarni qazib olish va energiya xavfsizligini mustahkamlashda yordam berish uchun muloqot boshlashni rejalashtirmoqda.

Bayden, shuningdek, AQSH va Markaziy Osiyo o‘rtasida chegara xavfsizligi, terrorizmga qarshi kurash va huquqni muhofaza qilish faoliyati bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish niyatida.

Ma’lumot uchun C5+1 sammiti AQSH va Markaziy Osiyoning besh davlati o‘rtasidagi umumiy muammolarni hal qilish bo‘yicha qo‘shma harakatlar platformasidir. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »