Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namanganda oxirgi ikki kun mobaynida bolalarning kasallanish holati bilan bog‘liq 450 ta murojaat kelib tushgan. Ularning eng ko‘pi — 306 tasi Chust tumaniga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev. 

Respublika ishchi guruhi rahbarining “Daryo”ga bildirishicha, bolalarning 143 nafari tuzalgan, qolganlari esa muntazam qarov ostida. Holati og‘ir yoki jonlantirish bo‘limiga yotqizilganlar yo‘q

Elmira Bositxonova. 
Foto: Daryo/ Asilbek Abduvaliyev
Foto: Daryo/ Asilbek Abduvaliyev
Xavotirlarimiz asosan dori yoki ovqatdan zaharlanish bilan bog‘liq edi. Hozircha bu gumonlar tasdiqlangani yo‘q. Chunki doridan zaharlanish darrov ayon bo‘ladi, taomdan zaharlanish esa tezkor tahlillarda ko‘rinadi. Asosiy taxminimiz o‘tkir respirator virusli infeksiyalar bilan bog‘liq. Chunki shifoxonalarga murojaat etganlar orasida taxminan 20 nafari yod preparatini umuman qabul qilmagan. Qolaversa, olingan 46 ta PSR-testdan ikkitasida kovid alomatlari aniqlandi, — deydi Elmira Bositxonova. 
Foto: Daryo/ Asilbek Abduvaliyev
Foto: Daryo/ Asilbek Abduvaliyev

Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, bolalarda yod yetishmovchiligining oldini olish bo‘yicha loyihaga bir yil davomida tayyorgarlik ko‘rilgan, tanlangan preparat xalqaro sertifikatga ega. Respublika bo‘yicha 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan jami 6,5 million bolaga ushbu dori berilgan. 

Foto: Daryo/ Asilbek Abduvaliyev
Foto: Daryo/ Asilbek Abduvaliyev
Foto: Daryo/ Asilbek Abduvaliyev
Dori qabul qilgan bir oiladagi ikki farzandning biri sog‘lom holatda, ikkinchisida kasallik alomatlari ko‘rinmoqda. Undan tashqari, preparat barcha hududlarga bir xil tarqatilgan, Toshkentga alohida, Namanganga alohida yuborilmagan. Hozir kasalxonalarga yotqizilgan bolalardan olingan tahlillar mutaxassislar tomonidan sinchiklar o‘rganilmoqda, tahlil natijalarini olganimizdan so‘ng, yana uch-to‘rt kundan keyin aniq bir to‘xtamga kelishimiz mumkin bo‘ladi, — deydi Respublika ishchi guruhi rahbari. 
Foto: Daryo/ Asilbek Abduvaliyev
Foto: Daryo/ Asilbek Abduvaliyev
Foto: Daryo/ Asilbek Abduvaliyev
Foto: Daryo/ Asilbek Abduvaliyev

“Daryo”ga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarning kasallanish holatlari nafaqat Chustda, balki viloyatning boshqa hududlarida ham aniqlanmoqda. Jumladan, Pop tumanida 118, Namangan shahri va Namangan tumanida 8 nafardan, Yangiqo‘rg‘on tumanida 6, Yangi Namangan tumanida esa 4 nafar bolaning yaqinlari shifokorlarga murojaat qilgan.

Foto: Daryo/ Asilbek Abduvaliyev
Foto: Daryo/ Asilbek Abduvaliyev
Foto: Daryo/ Asilbek Abduvaliyev

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »